logo

O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorik tijorat Xalq banki Boshqaruvi raisining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat hujjatlari ijrosi to‘g‘risida axboroti

calendar 01.07.2026eye1

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-iyuldagi “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-117-son Farmoni bilan belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida aksiyadorlik tijorat Xalq banki tomonidan zaruriy choralar ko‘rib kelinmoqda.

 

Xususan, 2026-yilning 2-choragi davomida “Ijro.gov.uz” tizimi orqali Xalq bankiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, Qaror, Farmoyish va topshiriqlarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti  Administratsiyasi rahbari farmoyishlari va topshiriqlari hamda Vazirlar Mahkamasi qarorlaridagi jami 63 ta topshiriq yo‘naltirilgan bo‘lib, ularning ijrosi bo‘yicha maqsadli ishlar amalga oshirildi.

 

Shuningdek, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bankning kengaytirilgan yig‘ilishlarida doimiy muhokama qilinib, rahbar va mas’ul xodimlariga muntazam amaliy ko‘rsatmalar berilgan holda, ularning ijrosini sifatli va belgilangan muddatlarda bajarilishi tizimli tashkil etib kelinmoqda. Hozirda, Bank tomonidan mijozlarga ko‘rsatilayotgan xizmat sifatini oshirish va qulaylik yaratish maqsadida Xalq bankiga yuklatilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash orqali bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi.

 

1. Xorijiy va milliy reyting natijalari

2026-yil iyun oyida bank kredit reytingi “Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi tomonidan “VV/V” – “Barqaror” va fevral oyida “Moody’s” xalqaro reyting agentligi tomonidan “Va/3” – “Ijobiy” darajasida baholandi.

 

2. Bankning infrastrukturasi bo‘yicha

Bank tomonidan mijozlarga ko‘rsatilayotgan xizmat sifatini oshirish va qulaylik yaratish maqsadida 228 ta “Bank xizmatlari markaz”lari, 1 ta filial, 10 ta bankdan tashqari kassalar, 396 ta ko‘chma (sayyor) kassalar, 227 ta xalqaro pul o‘tkazmalari, 236 ta valyuta ayirboshlash shoxobchalari va 856 ta “24/7” elektron ofislaridan iborat infratuzilmasi aholiga xizmat ko‘rsatmoqda.

 

3. Asosiy ko‘rsatkichlar

2026-yil 1-iyun holatiga:

– bankning jami aktivlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 9,6 trln so‘mga oshib, 58,1 trln so‘mni;

– kredit portfeli o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7,1 trln so‘mga ortib, 37,1 trln so‘mni;

– jalb qilingan depozitlar qoldig‘i o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,9 trln so‘mga oshib, 30,9 trln so‘mni;

– jami kapital o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,4 trln so‘mga ko‘payib, 11,1 trln so‘mni;

– jami daromadlar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1 110,8 mlrd so‘mga ko‘payib, 5,7 trln so‘mni;

– jami xarajatlar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 682,4 mlrd so‘mga ko‘payib, 5,2 trln so‘mni;

– sof foyda 520,2 mlrd so‘mni;

– aktivlar rentabelligi (ROA) 2,3 foizni;

– kapital rentabelligi (ROE) 11,5 foizni;

– samaradorlik koeffitsenti (CIR) 29,7 foizni;

– kapital monandligi 22,1 foizni;

– likvidlikni qoplash me’yori koeffitsienti 1 336,5 foizni;

– sof barqaror moliyalashtirish me’yori koeffitsienti 147,4 foizni tashkil etdi.

 

4. Boshqaruv servis kompaniyalari bo‘yicha

Ma’lumki, davlatimiz rahbarining PQ-5152-sonli Qaroriga asosan shirkatlarga tegishli kreditlarni Boshqaruv servis kompaniyalariga qayta rasmiylashtirish vazifasi yuklatilgan. Ushbu qarorga asosan Xalq banki tomonidan 1 692 ta shirkatlar inventarizatsiyadan o‘tkazilgan. Xususan, 2022-yilning 1-mart holatiga ularga ajratilgan kreditlar qoldig‘i 186,4 mlrd so‘mni tashkil etgan.

 

5. “Soft collection” bo‘yicha

“Soft collection” boshqarmasi xodimlari o‘zlariga biriktirilgan 360 ta telefon raqamlari orqali qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirib, kredit qarzdorliklarni undirib kelmoqda. Shuningdek, to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirmaganlar bo‘yicha yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlar yuzasidan tushuntirishlar berilmoqda.

 

2026-yilda jami 2 403 412 ta qo‘ng‘iroqlar amalga oshirildi. Natijada, 405 124 nafar mijozdan 247,4 mlrd so‘mlik kreditlar undirildi. Talabnoma, pochta (gibrid) orqali xabapnoma (xat) yuborish tizimi sinov tariqasida ishga tushirilgan bo‘lib, jami 82 450 ta mijozga muddati o‘tgan kredit qarzdorligi bo‘yicha xat yuborildi.

 

6. Bank shtat birliklari va xodimlarni o‘qitish bo‘yicha

Bank tizimida 7 188 ta shtat birligi mavjud. Bugungi kunda, amalda ishlayotgan 6 873 nafar xodimdan 2 320 nafar (34 %)i ayollar va 4 553 nafar (66 %)i erkaklar hisoblanadi. Bankning 1 342 nafar (20 %)i 30 yoshgacha bo‘lgan xodimlar. Shundan, 325 nafari ayol va 1 017 nafari erkaklar hisoblanadi.

 

Joriy yilda 171 nafar xodim ishga qabul qilindi. Shundan, 10 nafari ayollar va 161 nafari erkaklar hisoblanadi. Ishga qabul qilingan 171 nafar xodimdan 115 ta (67%)si 30 yoshgacha bo‘lgan xodimlar. Bank xodimlarini malakasini oshirish uchun 28 ta rejali o‘quv seminari tashkil etilib, 6 162 nafar xodimning malakasi oshirildi

 

7. Kredit faoliyati bo‘yicha

Xalq banki tomonidan 2026-yilda jami 177 113 nafar mijozning 7,5 trln so‘mlik loyihalari moliyalashtirildi. Jumladan:

– sanoat sohasida 15 912 nafar mijozga 531 mlrd so‘m;

– qishloq xo‘jaligi sohasida 60 892 nafar mijozga 1 717 mlrd so‘m;

– xizmat ko‘rsatish sohasida 16 956 nafar mijozga 2 374 mlrd so‘mlik kreditlar ajratildi.

 

Bundan tashqari, jismoniy shaxslarning yashash sharoitini yaxshilash uchun 83 353 nafar mijozga 2 882 mlrd so‘mlik kreditlar ajratildi.

 

Xalq banki tomonidan 2026-yilda “Oilaviy tadbirkorlik”ni rivojlantirish davlat dasturlari doirasida 3,2 trln so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratish rejalashtirilgan. Bugungi kunda, dasturlar doirasida 77 974 ta mijozga
1,4 trln so‘mlik imtiyozli kredit ajratildi. Jumladan:

– “Har bir oila – tadbirkor” dastur doirasida 72 116 ta loyihaga 1,3 trln so‘m;

– Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi hisobidan 4 878 ta loyihaga 70,1 mlrd so‘m;

– “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan” hisobidan 980 ta loyihaga 20 mlrd so‘mlik kreditlar ajratildi.

 

Ma’lumki, chorvachilik loyihalarini moliyalashtirish uchun Xalq banki mas’ul etib belgilangan. Bank tomonidan 2026-yilda umumiy qiymati 1 trln so‘mlik, shundan, bank krediti 810 mlrd so‘mlik, chorvachilik loyihalarini amalga oshirish belgilangan. 

 

Bugungi kunda, 1,1 trln so‘mlik kreditlar ajratildi. Shuningdek, Davlat bojxona qo‘mitasidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra tijorat banklari va tashabbuskor mablag‘lari hisobiga chetdan jami 59,3 ming bosh chorva mollari olib kelindi.

 

Xalq banki tomonidan charm sanoati yo‘nalishini rivojlantirish maqsadida bir qator yangi bank xizmat turlari joriy etildi. Xususan,

– charm sanoat sohasidagi barcha toifadagi tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 12 oy imtiyozli davr bilan aylanma mablag‘ni to‘ldirish uchun 3 yilgacha va boshqa maqsadlar uchun 5 yilgacha imtiyozli foizlarda kredit ajratish;

– poyabzal va charm-attorlik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarni aylanma mablag‘lar bilan ta’minlash va ishlab chiqarish jarayonini uzluksizligini ta’minlash maqsadida ichki bozordan xom-ashyo sotib olish uchun qulay shartlarda bir yil muddatgacha bank kafolati taqdim etish yo‘lga qo‘yildi.

Yangi loyihalarni shakllantirish va ularni moliyalashtirish maqsadida 2026-yilda 200 mlrd so‘m kredit ajratish rejalashtirilgan.Bugungi kunda, 1 720 ta loyihaga 77,3 mlrd so‘m kredit ajratildi.

 

2026-yilda xalqaro moliya institutlaridan jami 500 mln dollarlik (160 foiz ko‘proq) mablag‘ jalb qilish rejalashtirilgan. Ushbu mablag‘larni jalb qilish maqsadida bir qator xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklar bilan muzokaralar o‘tkazildi.

Xalq banki tomonidan joriy yilning yanvar - may oylarida 151,7 mln doll. ekvivalentidagi mablag‘lar jalb etildi. Bank tomonidan 2026-yilda amalga oshiriladigan 1,7 trln so‘mlik 276 ta hududiy investitsion loyihalar shakllantirilgan.Shundan, 252 ta loyihaga 637 mlrd so‘mlik kredit ajratildi.

 

Tadbirkorlarni eksportbop mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport faoliyatini rivojlantirish maqsadida Xalq banki va Eksportni rag‘batlantirish agentligi bilan 2020-yilda Bosh bitim imzolangan. Bosh bitimga asosan Agentlikdan jalb qilingan resurs mablag‘lari hisobidan 2020 – 2025-yillarda tadbirkorlarga aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun jami 27,7 mln dollarlik kredit ajratildi.Shundan, 2026-yilda 3 ta mijozga 0,9 mln doll. kredit ajratildi.

Xalq banki tomonidan 2026-yil davomida 83 818 nafar mijozga 2,9 trln so‘mlik chakana kreditlar ajratildi. Jumladan:

– 54 577 nafar mijozga 548 mlrd so‘mlik onlayn mikroqarz;

– 15 613 nafar mijozga 367,1 mlrd so‘mlik “Biznesga ko‘mak”;

– 6 858 nafar mijozga 1,9 trln so‘mlik ipoteka;

– 3 425 nafar mijozga 42,6 mlrd so‘mlik ta’lim;

– 873 nafar mijozga 20,7 mlrd so‘mlik “Green”;

– 2 343 nafar mijozga 17,2 mlrd so‘mlik nasiya;

– 113 nafar mijozga 12 mlrd so‘mlik avtokredit;

– 10 nafar mijozga 101 mln so‘mlik sirtqi ta’lim kreditlari ajratildi.

 

Xalq banki tomonidan hukumatimizning tegishli hujjatlari bilan aholiga ipoteka kreditlari ajratilib kelinmoqda. Joriy yilda bank tomonidan 6 858 nafar fuqaroga jami 1,9 trln so‘mlik ipoteka kreditlari ajratildi. Jumladan:

PF-33-sonli Farmonga asosan bank tomonidan 5 071 nafar fuqaroga 1,6 trln so‘mlik ipoteka krediti ajratildi. Jumladan, 800 nafar fuqaroga 249,4 mlrd so‘mlik subsidiya asosida ipoteka kreditlari ajratildi.

 

Vazirlar Mahkamasining 737-sonli qaroriga asosan bank tomonidan 1 nafar xotin-qizlarga 0,3 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratildi. Bank tomonidan PF-32-sonli Farmonga asosan 9 ta hududdagi 20 ta MFY “Yangi O‘zbekiston” massivlaridagi 45 ta ko‘p qavatli 1 995 ta xonadonli uy-joylarni qurish uchun moliyalashtirilmoqda. Ushbu uy-joylarni qurish va ipoteka kreditlari ajratish asosan davlat hisobidan moliyalashtirilmoqda. Shundan, bank krediti hisobidan 647 mlrd so‘mlik 41 ta ko‘p qavatli uy-joylar moliyalashtirildi.

Boshqa yangiliklar

img

O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorik tijorat Xalq banki Boshqaruvi raisining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat hujjatlari ijrosi to‘g‘risida axboroti

img1
01 Jul
img

Dam olish kunlari ham xizmat ko'rsatamiz

img173
26 Jun
img

Xalq banki va UnionPay: xalqaro to‘lov xizmatlari yo‘nalishida yangi hamkorlik

img104
23 Jun
img

Dam olish kunlari ham xizmat ko'rsatamiz

img156
19 Jun
img

Xalq banki jamoasi “ZAAMIN ULTRA 2026” musobaqasida faol ishtirok etdi

img172
15 Jun
img

Dam olish kunlari ham xizmat ko'rsatamiz

img244
12 Jun
Barcha yangiliklar