Xalq banki ishtirokida kiberxavfsizlik bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi
Bank tizimida xavfsizlikni ta’minlash — mijozlar ishonchini mustahkamlovchi eng muhim ustuvor yo‘nalishlardan biridir. Shu munosabat bilan "Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi" doirasida Xalq banki mutaxassislari hamda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Axborot texnologiyalari sohasida jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi mas’ullari, Yakkasaroy tumani IIB Kiberjinoyatlarni oldini olish bo‘limi xodimlari hamkorligida University of Management and Future Technologiesda o‘quv seminari tashkil etildi.


Seminar davomida ishtirokchilarga quyidagi yo‘nalishlarda batafsil ma’lumot berildi:
✔️ Axborot va kiberxavfsizlik qoidalariga amal qilmaslikning xavfli oqibatlari
✔️Keng tarqalgan firibgarlik holatlarini oldini olish usullari
✔️ Ma’lumotlarni himoya qilishga qaratilgan zamonaviy texnologiyalar va amaliy tavsiyalar
Bu kabi seminarlar axborot xavfsizligi madaniyatini shakllantirish, raqamli muhitda mas’uliyat bilan faoliyat yuritish ko‘nikmalarini kuchaytirishga xizmat qiladi.





