logo

Xalq banki kartalari bo'yicha muhim o'zgarish

calendar 24.03.2025eye930

Xalq bankida "Bank kartalarini muomalaga chiqarish va ularga xizmat ko'rsatish to'g'risida"gi ommaviy oferta shartnomasining tegishli bandlariga o‘zgartirishlar kiritildi.

 

Unga ko'ra:


➡️ Endilikda, agar mijoz nomiga O‘zbekiston hududidagi barcha banklardan chiqarilgan "so‘m" hisobli bank kartasining (shu jumladan, virtual va kobeyjing kartalar) jami soni 20 ta bo‘lsa, bank mijozning yangi karta rasmiylashtirish haqidagi so‘rovini rad etadi. 

➡️ Mijoz bitta bankda 5 ta "so‘m" hisobli karta (shu jumladan, virtual va kobeyjing kartalar) ochishi mumkin. Ushbu limitga yetgandan so‘ng, qo‘shimcha karta chiqarilmaydi.

➡️ Bank jismoniy shaxsning bank kartasi, shu jumladan, virtual karta ochilgan, lekin oxirgi 12 oyda hech qanday amaliyot bajarilmagan hamda pul qoldig'i mavjud bo'lgan/ bo'lmagan bank kartalarini bloklash va hisobvarag'ini yopish huquqiga ega.

 

🌐 Batafsil: Ommaviy oferta shartnomasi

 

Eslatib o'tamiz, bu o‘zgarishlar xizmatlarni samarali boshqarish maqsadida joriy etildi.

 

Boshqa yangiliklar

img

Jismoniy shaxslar uchun bank xizmatlari tariflari o'zgarmoqda

img325
19 Mar
img

Bayram va dam olish kunlari ish tartibi

img997
17 Mar
img

Bayram va dam olish kunlari ish tartibi

img851
06 Mar
img

Davlat xizmatchilari orasida jinoyatchilikning oldini olish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida uchrashuv bo'lib o‘tdi

img69
06 Mar
img

E’tirof

img51
05 Mar
img

"Kumush Kubok"da 1-o‘rin!

img45
04 Mar
Barcha yangiliklar