Xalq banki mas'ullari Sirdaryoda: tadbirkorlar va ayollar bilan bevosita muloqot
Har bir yangi ish, har bir o‘zgarish muloqotdan boshlanadi.




Xalq banki vakillari hududlarda bo'lib, aholining fikr va takliflarini eshitmoqda, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun zarur sharoitlarni o‘rganmoqda.
Joriy yilning 25-oktabr kuni Xalq banki boshqaruv raisi o‘rinbosari Gulzoda Rashidova boshchiligida mas'ullar Sirdaryo tumanining "Quyosh" hamda Guliston shahrining "Do‘stlik" mahallasida bo'lib, tadbirkorlar, shuningdek, ayollar daftarida ro‘yxatda turgan fuqarolar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazdi.
Muloqotlar davomida ularning tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va kengaytirish imkoniyatlari o‘rganildi.
Shuningdek, 60 dan ortiq tadbirkor va o‘z biznesini boshlash istagidagi fuqarolar ishtirokida amaliy seminar tashkil etildi.
Unda tadbirkorlik faoliyati jarayonida uchrayotgan muammolar, ularning yechimlari hamda bank va boshqa mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan vazifalar muhokama qilindi.
Bu singari muloqotlar aholining iqtisodiy faolligini oshirish, ayollarni tadbirkorlikka jalb etish va ularni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.





