Xalq banki xodimlari korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimining xalqaro standartlari asosida o‘qitildi
Bugungi kunda moliya tizimida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaviy xavflarni oldini olish masalalari ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, tizimli yondashuv va xalqaro standartlarga mos boshqaruv mexanizmlarini joriy etish muhim ahamiyat kasb etadi.
14-15 aprel kunlari Xalq bankida korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimining ISO 37001:2025 xalqaro standarti talablari asosida ikki kunlik o‘quv seminari tashkil etildi.
Unda bankning Bosh ofisi, mintaqaviy markazlari hamda barcha BXMlaridan xodimlar ishtirok etdi.
Seminar davomida ishtirokchilarga:
➡️ korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining asosiy tamoyillari
➡️ korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va ularni kamaytirish mexanizmlari
➡️ xalqaro standartlarga muvofiq samarali boshqaruv yondashuvlari bo‘yicha amaliy va nazariy bilimlar berildi
Mazkur seminar bank tizimida ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlash, korrupsiyaviy xavflarni samarali boshqarish hamda xalqaro audit jarayonlariga tizimli va sifatli tayyorgarlik ko‘rish yo‘lida muhim bosqich bo‘lib xizmat qiladi.





