Xalq banki — O‘zbekistonda ayol tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha eng yaxshi bank!
Xalq banki nufuzli Global Brands Magazine Awards 2026 doirasida “Best Bank Supporting Women Entrepreneurs – Uzbekistan 2026” nominatsiyasi g‘olibi deb topildi.
Mazkur xalqaro e’tirof Xalq bankining ayollar tadbirkorligini rivojlantirish, ularning moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish va biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirayotgan tizimli ishlarining muhim natijasidir.
Global Brands Magazine ekspertlari nomzodlarni innovatsiyalar, xizmat sifati, brending, mijozlar bilan ishlash va umumiy faoliyat samaradorligi kabi mezonlar asosida baholadi.
Biz ayollarning g‘oyalariga ishonamiz, ularning biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlaymiz va ular bilan birga rivojlanamiz.





