Xalq bankida Alibaba Group vakillari bilan strategik uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Xalq bankida dunyoning yetakchi gigant texnologik kompaniyalaridan biri — Alibaba Group vakillari bilan strategik uchrashuv tashkil etildi.
Unda Xalq banki Boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari hamda Alibaba Group’ning META regions direktori ishtirok etdi.
Muloqot davomida tomonlar:
✅ sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish
✅ raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish
✅ bank xizmatlariga innovatsion yechimlarni tatbiq etish hamda istiqboldagi qo‘shma loyihalar yuzasidan fikr almashdi


Shuningdek, ma’lumotlar tahlili, raqamli xizmatlarni rivojlantirish va mijozlarga xizmat ko‘rsatish jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.


Tomonlar o‘zaro manfaatli strategik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, bank tizimida ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rganish hamda innovatsion loyihalarni birgalikda amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.


Mazkur uchrashuv Xalq bankining raqamli transformatsiya yo‘nalishidagi ustuvor maqsadlarini qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy texnologiyalarni bank faoliyatiga bosqichma-bosqich joriy etish va mijozlarga yanada qulay hamda samarali xizmatlar yaratishga xizmat qiladigan istiqbolli hamkorlik uchun muhim asos bo‘ldi.




