Топ рейтинг www.uz
Test rejim
logo

Kuzatuv kengashi qoshidagi qo‘mitalar

 


Korporativ boshqaruv, tayinlash va etika qo‘mitasi


Bankning Kuzatuv kengashi a’zolari, Boshqaruv a’zolari va muhim ahamiyatga ega hodimlarini lavozimiga tayinlanishi hamda ularni mukofotlashning samarali va shaffof tizimini shakllantirish;
Bankning ichki me’yoriy hujjatlariga asosan mukofotlash siyosatini belgilashda va uni nazorat qilishda Kuzatuv kengashiga taklif va tavsiyalar berish;
Rahbar xodimlarni lavozimlarga tayinlanishi va tavsiya qilinishida hamda kadrlar siyosatini samarali boshqarishda Kuzatuv kengashiga ko‘maklashish

 

Risklarni boshqarish qo‘mitasi


Bank xatarlarini boshqarish tizimi, yirik bitimlar hamda bankka aloqador shaxslar bilan tuziladigan manfaatli bitimlar bo‘yicha masalalarni Kuzatuv kengashida ko‘rib chiqilishidan oldin har tomonlama o‘rganish;
Risklar bo‘yicha tizimli boshqaruvni o‘rnatish;
Yirik va affillangan shaxslar bilan manfaatli bitimlar tuzilishini shaffoflikni ta’minlash


Strategiya va investitsiya qo‘mitasi


Bankning strategik rivojlantirish bo‘yicha masalalarni Kuzatuv kengashida ko‘rib chiqilishidan oldin har tomonlama o‘rganish;
Kuzatuv kengashiga uzoq muddatli istiqbolda bank samaradorligini oshirishga qaratilgan qarorlarni qabul qilish bo‘yicha tavsiyalar berish;
Bank Boshqaruvining bankning strategik rivojlanish rejalarini bajarilishini nazorat qilish.

 

Auditorlik va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi


Аuditorlik qo‘mitasi bank Kuzatuv kengashi aʼzolari tarkibidan bank Kuzatuv kengashi qarori bilan tasdiqlanadi. Bunda Аuditorlik qo‘mitasi Raisi va aʼzoligiga nomzodlar bank Kuzatuv kengashi Raisi tomonidan taklif etiladi.
Auditorlik qo‘mitasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ichki audit departamenti to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish hamda tasdiqlash jarayonida ishtirok etish;
nazoratga oid, moliyaviy va boshqa hisobotlarning taqdim etilishini, to‘liqligini, ishonchliligini nazorat qilish;
o‘z vakolati doirasidagi masalalar yuzasidan kengash yig‘ilishlariga ma’lumotlar tayyorlash va kengashga hisobotlar taqdim etish;

bankning ichki va tashqi auditorlar bilan o‘zaro aloqasini nazorat qilib borish;
ichki audit xizmati rahbarini tayinlash (lavozimidan ozod qilish) masalasini ko‘rib chiqib, kengashga taklif kiritish;
ichki audit xizmatining choraklik hisobotlarini o‘rganib chiqish va kengashga taqdim etish;

 

Xodimlar va mukofotlash qo‘mitasi


Mehnatga haq to‘lashning ichki tizimi bankning tavakkalchiliklarni qabul qilish darajasiga, uzoq muddatli strategiyani amalga oshirishga, risk-appetitiga, moliyaviy natijalarga, ichki nazoratning tizimiga, qonunchilik hujjatlari talablariga va bank ichki me’yoriy hujjatlariga muvofiqligi bo‘yicha kengashga yordam ko‘rsatish va tavsiyalar kiritib borish maqsadida mukofotlash qo‘mitasi tashkil etilgan.
Mukofotlash qo‘mitasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Kuzatuv kengashi va Bank boshqaruv a’zolari hamda muhim ahamiyatga ega xodimlarni mukofotlash bo‘yicha siyosatni ishlab chiqishda ishtirok etish va uni kamida bir yilda bir marotaba qayta ko‘rib chiqish;
mukofotlash siyosati hamda turli xil rag‘batlantirish dasturlarining joriy qilinishi va amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish;
mehnatga haq to‘lash va kompensatsiya qilishga oid qabul qilingan qarorlarning ijrosini nazorat qilish;
Kuzatuv kengashi va Bank boshqaruvi a’zolari hamda muhim ahamiyatga ega xodimlarga mukofot to‘lovlarini belgilashda ularning majburiyatlari va mos ravishda tavakkalchiliklarni qabul qilish darajasini hisobga olgan holda ularning samaradorligini baholash mezonlarini ishlab chiqish;
Kuzatuv kengashi tomonidan ushbu vazifa yuklatilgan bo‘lsa, mukofotlash siyosatida aks ettirilgan mezonlar asosida Kuzatuv kengashi va Bank boshqaruvi a’zolari, shuningdek, muhim ahamiyatga ega xodimlarning yil yakunlari bo‘yicha faoliyatini dastlabki baholashdan o‘tkazadi, shuningdek, ushbu shaxslarning uzoq muddatli belgilangan maqsad va vazifalarga erishganini tahlil qilish;