Топ рейтинг www.uz
Test rejim
logo

Bank Boshqaruvi qoshida tuzilgan qo’mita

 

Aktivlar va passivlarni boshqarish qo‘mitasi

 

O’zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq bankning likvidlilikni boshqarish “Aktivlar va passivlarni boshqarish qo‘mitasi” bo’yicha  vakolatli organ hisoblanadi.

 

Qo`mita zimmasiga likvidlilikni samarali boshqarishni ta’minlash maqsadida bankning barcha bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish majburiyati yuklatilgan.

Qo‘mita bankning biznes-rejasi hamda u faoliyat olib borayotgan iqtisodiy sharoitlarga asoslanib, resurslarga bo‘lgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini ko‘rib chiqadi.

Qo‘mita doimiy ravishda likvidlilik tavakkalchiligini hamda mijozlarning moliyalashtirishga bo‘lgan talablarini, faoliyatlari yo‘nalishlarini, pul oqimlarini nazorat qiladi va monitoringini amalga oshiradi.

 

Kredit qo‘mitasi

 

Kredit qo’mitasi – bank markaziy apparati qoshida tashkil etilgan vakolatlari darajasida kredit buyurtmalarini moliyalashtirish bo’yicha mustaqil qaror qabul qiluvchi hamda vakolatlaridan yuqori bo’lgan kredit buyurtmalari bo’yicha ko’rib chiqib, rad etish yoki yakuniy qarorni qabul qilish uchun bank Boshqaruviga takliflarini taqdim etuvchi kollegial organ.