Топ рейтинг www.uz
Test rejim
logo

Ichki nazorat va komplayens departamenti

 

 

I. Ichki nazorat tizimi maqsadi quyidagilar hisoblanadi:

 

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizm va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan operatsiyalarni samarali aniqlash va oldini olish;

bankning qasddan yoki qasddan bo‘lmagan holda jinoiy faoliyatga jalb qilinishiga, uning ustav fondi (kapitali)ga jinoiy faoliyat natijasida olingan kapitalning, shuningdek bankni boshqarishga jinoyatchi shaxslarning kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik;

tavakkalchiliklarni aniqlash, ularni baholash, hujjatlashtirish va pasaytirish;

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash.

 

II. Ichki nazorat tizimining vazifalari quyidagilardan iborat:

 

tavakkalchiliklarni aniqlash va baholash, hujjatlashtirish va ularni kamaytirish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish;

mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha va identifikatsiyalash chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek mijozlar va ularning benefitsiar mulkdorlari haqidagi ma’lumotlarni muntazam yangilash va verifikatsiyalash;

benefitsiar mulkdorlarni identifikatsiyalash, ularni shaxsini o‘rganish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish va operatsiyani amalga oshirishda foydalaniladigan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulklarning manbasini aniqlash;

yuqori mansabdor shaxslar, ularning oila a’zolari va yuqori mansabdor shaxslarga yaqin shaxslarning amalga oshirayotgan operatsiyalarini chuqur monitoring qilish;

belgilangan tartibda gumonli va shubhali operatsiyalarni aniqlash;

ichki nazoratni amalga oshirish davomida aniqlangan shubhali operatsiyalar to‘g‘risidagi axborotlar (hujjatlar)ni maxsus vakolatli davlat organiga o‘z vaqtida taqdim etish;

Ro‘yxat bilan solishtirish orqali operatsiya ishtirokchilari orasida terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslarni aniqlash.