4 ta yoʻnalishda peshqadam
💳Moliyaviy sohada nufuzli tadbirlardan biri bo‘lgan UZCARD AWARD-2025 taqdirlash marosimida Xalq banki yuqori natijalarga erishdi.
🏆 Unga ko‘ra, Xalq banki quyidagi to‘rt muhim yo‘nalish bo‘yicha yetakchi deb topildi.
✔️Eng yaxshi emitent— bank kartalari bo‘yicha ishonchli va barqaror tizimni yo‘lga qo‘ygani uchun
🏦 Sifatli emissiya — mijozlarga qulay, xavfsiz va zamonaviy karta mahsulotlarini taqdim etayotgani uchun
🌐 Elkart transchegaraviy o‘tkazmalarini rivojlantirgani uchun — xalqaro to‘lovlar imkoniyatlarini kengaytirishga qo‘shgan hissasi uchun
💳× 💳Uzcard–Mastercard Co-badge kartalari bo‘yicha eng yaxshi emitent — milliy va xalqaro to‘lov tizimlarini uyg‘unlashtirgan innovatsion yechimlar uchun
Ushbu yutuqlar Xalq bankining raqamli transformatsiya yo‘lidagi izchil qadamlari, mijozlarga yo‘naltirilgan xizmatlar sifatini doimiy oshirib borish hamda zamonaviy bank mahsulotlarini joriy etishga qaratilgan strategiyaning amaliy natijasidir.





