logo

Xalq banki: sport, birdamlik va sog'lom kelajak

calendar 20.04.2026eye43

Zamonaviy korporativ boshqaruvda brend muvaffaqiyati bevosita xodimlarning salomatligi va ichki quvvatiga ham bog‘liq.

 

Xalq banki o‘z qadriyatlariga muvofiq, sportni qo‘llab-quvvatlash orqali nafaqat jamoani, balki keng jamoatchilikni ham faol turmush tarziga chorlab kelmoqda. 

 

Ikki yildan buyon bank “Samarkand Marathon” turkumidagi barcha yugurish musobaqalarining bosh hamkorlaridan biri hisoblanadi. Bu faollik jamiyatda sportni ommalashtirish va millat salomatligini mustahkamlashga qaratilgan.

 

Joriy yilning 18-aprel kuni qadimiy Buxoroda o‘tkazilgan “Bukhara Night Race 2026” xalqaro xayriya yugurish musobaqasi 26 davlatdan 3 500 dan ortiq ishtirokchini bir maydonda jamladi. 

 

Buxoroning ko‘hna va diqqatga sazovor manzillari bo‘ylab o‘tgan ushbu musobaqada Xalq banki jamoasining ishtirok etishi bankning nafaqat moliya bozorida, balki ijtimoiy hayotda ham “xalq bilan birga” tamoyiliga sodiqligini yana bir bor isbotlaydi.

 

Turli masofalarga yugurish davomida bank xodimlari o‘z irodasi va chidamliligini namoyish etib, yuqori sport formasida ekanliklarini ko‘rsatdilar. 

 

 

 

 

Bunday ommaviy tadbirlar jamoaga kundalik ish tartibidan tashqarida – o‘zaro birdamlik va jipslik talab etiladigan muhitda korporativ ruhni mustahkamlash imkonini beradi.

 

Xalq bankining sport tadbirlarini muntazam qo‘llab-quvvatlashi uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan. Bu orqali bank o‘z xodimlari salomatligini asrash bilan birga, mamlakatimizda ommaviy sportni rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosatiga hamohang qadam tashlamoqda.

 

Bank o‘z jamoasi bilan birgalikda bu yo‘ldagi faolligini davom ettirib, sog‘lom jamiyat barpo etishda namunaviy moliya muassasasi bo‘lib qolishni maqsad qilgan.

Boshqa yangiliklar

img

Xalq banki: sport, birdamlik va sog'lom kelajak

img43
20 Apr
img

Dunyo bo‘ylab to‘lovlar uchun yagona yechim

img48
17 Apr
img

Dam olish kunlari ham xizmatlarimizdan foydalaning

img406
17 Apr
img

Xalq banki xodimlari korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimining xalqaro standartlari asosida o‘qitildi

img54
16 Apr
img

Dam olish kunlari ham Xalq banki xizmatlaridan foydalaning

img426
10 Apr
img

Yoshlar kuni doirasida “Yashil tashabbus”

img64
03 Apr
Barcha yangiliklar