Xalq banki Forbes’ning dunyoning eng samarali banklari reytingidan joy oldi
Nufuzli xalqaro biznes nashri Forbes dunyoning eng samarali faoliyat yuritayotgan banklari reytingini ilk bor e’lon qildi. World’s Top Performing Banks 2026 reytingidan O‘zbekistondan Xalq banki ham joy oldi.
Forbes va Statista hamkorligida tayyorlangan reyting 89 mamlakatdagi 500 ta bankni qamrab olgan. Banklar aktivlari hajmiga qarab alohida guruhlarda baholangan bo‘lib, Xalq banki 3–10 milliard AQSh dollari miqdoridagi aktivlarga ega banklar toifasida qayd etildi.
Reyting banklarning so‘nggi uch yillik xalqaro moliyaviy hisobotlari va audit natijalari asosida shakllantirilgan.
Baholashda rentabellik, daromadlarning o‘sishi va barqarorligi, kapital va moliyalashtirish barqarorligi, aktivlar sifati hamda faoliyat samaradorligi kabi asosiy ko‘rsatkichlar hisobga olingan.
Reytingda ishtirok etish uchun bank aktivlari kamida 3 milliard AQSh dollari bo‘lishi, auditdan o‘tgan moliyaviy hisobotlarini e’lon qilishi va kamida uch yillik moliyaviy ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishi talab etilgan.
Xalq bankining Forbes reytingidan joy olishi mamlakatimizda bank-moliya tizimini isloh qilish, transformatsiya va raqamlashtirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlarning amaliy ifodasidir. Ushbu islohotlar doirasida bankda moliyaviy samaradorlikni oshirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va mijozlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilashga qaratilgan transformatsiya izchil davom ettirilmoqda.