“Bizning faxrimiz”

Korporativ pensiya dasturi? Korxonangizda sadoqatli o‘z ishini sevadigan xodimlar bormi?
Ushbu xodimlar necha yillar davomida Sizning shaxsiy biznesingiz uchun yoki tashkilotingiz rivojiga o‘z hissasini qo‘shib kelganmi?
Endi Siz tomondan ushbu xodimlarni rag‘batlantirish vaqti kelmadimikan?
Agar Sizga ushbu xodimlarning ertangi hayoti qiziq bo‘lsa, hozirdan ushbu xodimlarning shaxsiy pensiya kapitalini yaratish orqali o‘z hissangizni qo‘shing!
Bunda Xalq banki o‘zining “Bizning faxrimiz” nomli korporativ pensiya dasturi orqali Sizga yordam beradi.

- Ish beruvchi Xalq bankidagi shaxsiy kabineti orqali korporativ pensiya dasturida badal o'tkazish bo'yicha 1 yildan 5 yilgacha bo'lgan muddatda elektron shaklda oferta shartnomasini tuzadi;
- Pensiya badallarining miqdori ish beruvchi tomonidan belgilanadi;
- Pensiya dasturi bo‘yicha o‘tkazilgan badallarga tuzilgan shartnoma muddatida yillik inflyatsiya darajasining 1,25 (bir butun yuzdan yigirma besh) miqdorida foiz to‘lanadi;
- Pensiya dasturi bo‘yicha hisoblangan foizli daromadlar va kirim qilingan mablag‘lar mijozga davlat pensiyasini olish huquqiga ega bo‘lganda O‘zbekiston Respublikasi hududidan chet davlatga doimiy yashash uchun ko‘chib ketganda, vafot etganda merosxo‘rga to‘lab beriladi;
- Tizim ishtirokchisi o‘zining shaxsiy pensiya hisobraqamlariga kirim qilingan mablag‘larni shartnomada ko‘rsatilgan muddatidan oldin qaytarib olishi mumkin emas;
Ushbu xizmat turi ishlab chiqish jarayonida!





