Boshlang‘ich tadbirkorlar faoliyatida yuzaga keladigan xatolar
1) Siz faoliyatingizni rejali asosda boshlamasangiz, muvaffaqiyatlaringizni rejalashtirgan bo‘lasiz degan gap bor.
Kichik biznesning eng ko‘p uchraydigan xatolaridan biri, biznesni boshlaganda, puxta reja tuzmaslikdir. Biznesda faoliyat boshlash uchun reja qilmaslik bankdan kredit olish, investorlarni jalb qilishda muammolar keltirib chiqaradi. Rejasiz biznesda nimani xoxlayotganligingiz va qaerdan daromad olishingizni ko‘ra olmaysiz.
Yechimi. Biznes-rejani tuzishda sizga yordam beradigan ko‘plab vositalar mavjud. Rejalashtirishni osonlashtirish uchun Xalq banki bepul namunaviy biznes rejalarni taklif etadi.
2) Tezlik bilan turli xil maxsulotlarni ko'paytirish lozim.
Faoliyatini yangi boshlagan tadbirkorlar sotiladigan maxsulotlar qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha sotuv xamda mijozlar ko‘p bo‘ladi deb o‘ylashadi. Lekin muammo shundaki, ko‘p ishlab chiqarish xarajatlarning oshishiga olib keladi. Mijozlarni tahlil qilmaslik maxsulotlar sotilishini kamayishiga olib kelishi mumkin. Natijada, xarajatlaringiz daromadlaringizdan oshib ketishiga olib keladi.
Yechim: Yangi maxsulotlarni taklif qilgandan ko‘ra, sotilayotgan maxsulotlarga eʼtibor qilish lozim.
3) Bozorni o‘rganish
Tadbirkorlar asosan do‘stlari va oila aʼzolari maslahatlari asosida boshlashadi, ammo bozorni o‘rganmaslik raqobatga bardosh bermaslikga olib kelishi mumkin. Shuning uchun xatoni qilmaslik va bozorni chuqur o‘rganish zarur bo‘ladi.
Yechim: Siz mijozlarni va bozorni batafsil o‘rganib, ko‘proq maʼlumot to‘plash yoki yaxshi mijozlar mijozlar bilan doimo aloqada bo‘lish lozim.
4) Ish natijalarini emas, balki ish vaqtini o‘lchash.
Baʼzi insonlar o‘zlarining mahorati, bilimi va maʼsuliyati sababli boshqalarga nisbatan samaraliroq ishlaydi.
Yechim: Xodimlar ishiga nisbatan bonus xamda ustamalar qo‘shish lozim bo‘ladi bu xam xodimga ishni samarali bajaradi.
5) Notog‘ri jamoani shakillantirish
Kichkina bo‘lmagan xotolardan biri, xodimlarni sinamay juda tezlik bilan ishga olishdir. Xodimlarni noto‘g‘ri shakllantirish oqibatida nafaqat pulingizni yo‘qotasiz balki mavjud xodimlarga taʼsir qilishi mumkin.
Yechim: Xodimni ishga qabul qilishda ehtiyotkor va puxta qaror qabul qiling. Barcha xodimlarni o‘zingiz suhbat asosida ishga qabul qiling. Hattoki ularni yaxshi tanisangiz ham suhbatdan o‘tkazing. Faqat malakasiga qarab emas balki ishxonaning ichki tartiblariga ham to‘g‘ri kelishi kerak.

