Топ рейтинг www.uz
Test rejim
logo

Sug‘urtа tushunchаsi

calendar 08.10.2021eye462share Поделиться

Sug‘urta shartnomasining shakli

 

Sug‘urta shartnomasi yozma shaklda tuzilishi lozim. Bu talabga rioya etmaslik shartnomaning haqiqiy sanalmasligiga sabab bo‘ladi

Sug‘urta shartnomasi bitta hujjatni tuzish yoxud sug‘urtalovchi tomonidan sug‘urta qildiruvchiga uning yozma yoki og‘zaki arizasiga binoan sug‘urtalovchi imzolagan, sug‘urta shartnomasining shartlarini o‘z ichiga olgan sug‘urta polisi (shahodatnomasi, sertifikati, kvitantsiyasi)ni topshirish yo‘li bilan tuzilishi mumkin. Bu holda sug‘urta qildiruvchining sug‘urtalovchi taklif etgan shartlarda shartnoma tuzishga rozi ekanligi sug‘urtalovchidan ko‘rsatilgan hujjatlarni qabul qilib olish va sug‘urta mukofoti to‘lash yoxud - sug‘urta mukofoti bo‘lib-bo‘lib to‘langanda - birinchi badalni to‘lash orqali tasdiqlanadi.

Sug‘urtalovchi shartnoma tuzish chog‘ida sug‘urtaning alohida turlari bo‘yicha sug‘urta shartnomasi (sug‘urta polisi)ning o‘zi ishlab chiqqan standart shakllarini qo‘llanishga haqli.

 

Sug‘urta shartnomasining haqiqiy emasligi:

 

  • shartnoma tuzilayotgan paytda sug‘urta obʼekti mavjud bo‘lmasa;
  • jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan, jinoyat narsasi hisoblanuvchi yoki musodara qilinishi lozim bo‘lgan mol-mulk mulkiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalangan bo‘lsa;
  • shartnoma bo‘yicha g‘ayrihuquqiy manfaat sug‘urtalangan bo‘lsa;
  • sug‘urta shartnomasida sug‘urta hodisasi sifatida yuz berish ehtimolligi va tasodifiylik belgilari bo‘lmagan voqea nazarda tutilgan bo‘lsa.

 

Sug‘urta shartnomasi amal qilishining boshlanishi:

 

Sug‘urta shartnomasi, agar unda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, sug‘urta mukofoti yoki birinchi badal to‘langan paytda kuchga kiradi.

Аgar shartnomada sug‘urta amal qilishi boshlanishining boshqacha muddati nazarda tutilmagan bo‘lsa, shartnomada shartlashilgan sug‘urta sug‘urta shartnomasi kuchga kirganidan keyin yuz bergan sug‘urta hodisalariga nisbatan tatbiq etiladi.