Moliya bozoridagi “ayiqlar” va "buqalar" nima?
Moliya bozorida deyarli har bir yangi investor sohaning "buqa" va "ayiq"lari haqida eshitgani aniq. Ular nimani anglatadi?
“Buqa”
Ular kuchli xaridorlar sanaladi. Moliya bozorida aktivlar qiymatining o‘sishidan foyda olishga harakat qiladigan savdogarlardir. Buqa bozorida (Bull Market) narxlar o‘sishi iqtisodiyot rivojlanishiga sabab bo‘ladi deb hisoblanadi.
“Ayiq”
“Ayiqlar" - bu narxlarning tushishini, takliflarning ko‘payishini kutuvchi shaxslar. Ushbu timsol vakillari moliya bozorida aktivlar narxining pastlashishidan foyda oladigan savdo ishtirokchilari. Ayiq bozorida (Bear Market) narxlarning tushishi natijasida iqtisodiyot sekinlashadi va ishsizlik darajasi oshadi.
“Buqa” va “ayiq” tasviri moliya bozorida shu qadar mashhur bo'lganki, bu ikki hayvonga yodgorliklar qo‘yilgan. Eng mashhuri – Nyu-Yorkning Uoll-strit ko’chasida o‘rnatilgan.





