Xalq bankida trenerlar uchun o'quv-mashg'uloti tashkil etildi
Xalq banki bosh ofisida Xodimlarni boshqarish hamda Bank tarmoqlarini boshqarish departamentlari hamkorligida ikki kunlik amaliy o‘quv seminar-treningi tashkil etildi.
Unda bankning barcha mintaqaviy markazlari Bank tarmoqlari bo‘lim boshliqlari ishtirok etib, biznes-blog mas’ullari tomonidan yangi mahsulotlar, yo‘nalishlar va amaliy jarayonlar bo‘yicha muhim bilimlar taqdim etildi.
Mazkur treningning asosiy maqsadi — ishtirokchilarga “Trener” maqomini berib, joylarda bilim va tajribani tizimli ravishda tarqatish, xodimlarning kasbiy ko‘nikmalarini muntazam oshirish hamda mijozlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yuksaltirishdan iborat.
Trening yakunida ishtirokchilar uchun Islom sivilizatsiyasi markaziga ekskursiya tashkil etildi. Bu esa nafaqat bilim, balki ma’naviy motivatsiya manbai bo‘lib ham xizmat qildi.
Bu kabi tashabbuslar kelgusida ham izchil davom ettirib boriladi.





