logo

Qashqadaryoda tadbirkor ayollar uchun o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi

calendar 14.02.2025eye302

Qashqadaryo viloyatida Xalq banki, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi  hamkorligida “Tadbirkor ayollarning biznes g‘oyalari” mavzusida o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

 

 

Unda Xalq banki Boshqaruv raisi o‘rinbosari Gulzoda Rashidova, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi vakillari, viloyatdagi faol tadbirkor ayollar, shuningdek, biznesini yangi boshlagan xotin-qizlar hamda yosh tadbirkorlar ishtirok etdi.

 

  Ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash – muhim yo‘nalish

 

 Seminar davomida xotin-qizlarga biznesni moliyalashtirish, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun mavjud dasturlar haqida batafsil ma’lumot berildi.     Shuningdek, tadbirkor ayollar o‘z faoliyatini kengaytirishda duch keladigan muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha ham muhokamalar olib borildi.

 

 Tajriba almashish va amaliy tavsiyalar

 

Seminarning muhim qismi – tadbirkor ayollarning tajriba almashishi va real misollar asosida biznes yuritish tamoyillarini o‘rganish bo‘ldi. Muvaffaqiyatli tadbirkor ayollar o‘z faoliyati haqida so‘zlab, biznesni yo‘lga qo‘yish va uni rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berdi. Bu esa tadbirkorligini endi boshlayotgan ayollar va yoshlar uchun katta motivatsiya bo‘ldi.

 

Dehqonobod tumanidagi “Real Xit” xususiy korxonasi rahbari Norsafarova F., “Tat Cola” MCHJ menejeri G'ofurov U. va shahrisabzlik hunarmand U. To'rayevalar viloyatda ayollar tadbirkorligini rivojlantirishga oid taklif va tashabbuslarini bildirdi.

 

Shuningdek, ishtirokchilarga biznes-reja tuzish, mijozlar auditoriyasini kengaytirish, marketing strategiyalarini shakllantirish hamda moliyaviy barqarorlikka erishish bo‘yicha ham treninglar o‘tkazildi.

Boshqa yangiliklar

img

Xalq banki: sport, birdamlik va sog'lom kelajak

img42
20 Apr
img

Dunyo bo‘ylab to‘lovlar uchun yagona yechim

img47
17 Apr
img

Dam olish kunlari ham xizmatlarimizdan foydalaning

img405
17 Apr
img

Xalq banki xodimlari korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimining xalqaro standartlari asosida o‘qitildi

img54
16 Apr
img

Dam olish kunlari ham Xalq banki xizmatlaridan foydalaning

img426
10 Apr
img

Yoshlar kuni doirasida “Yashil tashabbus”

img64
03 Apr
Barcha yangiliklar