logo

Xalq banki xodimlari sport maydonlarida ham peshqadam

calendar 08.06.2026eye65

6–7-iyun kunlari Toshkentda CoSports tashkiloti tomonidan korporativ jamoalar o‘rtasida o‘tkazilayotgan Olimpiada o‘yinlariga start berildi.

 

Mazkur musobaqalarda Xalq banki & xazna jamoasi suzish va yugurish yo‘nalishlarida faol qatnashib, yuqori natijalarni qayd etdi.

 

Suzish bahslarida jamoamiz umumiy hisobda faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Xodimlarimiz Sardor Masharipov, Shuhrat Raupov va Sirojiddin Bozorboyev 50, 100 va 200 metr masofalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, sovrindorlar safidan joy oldilar.

 

Yugurish yo‘nalishida esa sprint musobaqalarida jamoamiz 2-o‘rinni, umumiy natijalar bo‘yicha esa 1-o‘rinni egalladi. Jamoa a’zolari Javohir Nusratullayev va Zuhriddin Abdusalomov 100 va 800 metr masofalarda yuqori natijalarni qayd etib, jamoamiz muvaffaqiyatiga munosib hissa qo‘shdilar.

 

Xodimlarimizni ushbu yutuqlar bilan tabriklaymiz va kelgusi bahslarda ham ularga omad tilaymiz!

 

Boshqa yangiliklar

img

Xalq banki va UnionPay: xalqaro to‘lov xizmatlari yo‘nalishida yangi hamkorlik

img68
23 Jun
img

Dam olish kunlari ham xizmat ko'rsatamiz

img127
19 Jun
img

Xalq banki jamoasi “ZAAMIN ULTRA 2026” musobaqasida faol ishtirok etdi

img158
15 Jun
img

Dam olish kunlari ham xizmat ko'rsatamiz

img227
12 Jun
img

Fitch Ratings Xalq banki reytingi bo‘yicha prognozni “Ijobiy”ga o‘zgartirdi

img78
09 Jun
img

Xalq banki xodimlari sport maydonlarida ham peshqadam

img65
08 Jun
Barcha yangiliklar