logo

Xalq banki “Inson uchun 2026” festivalida taqdirlandi

calendar 13.05.2026eye32

“Inson uchun 2026” III an’anaviy festivali doirasida ijtimoiy himoya tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, aholiga yaratilayotgan imkoniyatlar, inkluziv mehnat bozori, tadbirkorlik va hamkorlik loyihalari namoyish etildi.

 

Festival doirasida nogironligi bo‘lgan shaxslar, bitiruvchi talabalar hamda ehtiyojmand fuqarolarni ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish maqsadida “Job Fair” bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi bo'lib o'tdi.
 

Unda Xalq banki ham faol ishtirok etib, imkoniyati cheklangan shaxslar hamda yosh bitiruvchilarga mavjud vakant ish o‘rinlari bo'yicha takliflar berildi, mehnat sharoitlari hamda kasbiy rivojlanish imkoniyatlari tanishtirildi.
 

Bugungi kunga qadar Xalq banki tizimiga 250dan ortiq imkoniyati cheklangan xodimlar ishga qabul qilingan. Bank tomonidan inkluziv muhitni rivojlantirish, barcha uchun teng imkoniyat yaratish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bandligini ta’minlash yo‘nalishida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

🔹 Festivalda mazkur sa’y-harakatlar alohida e’tirof etilib, Xalq banki “Inkluziv ish beruvchi” nominatsiyasi bo'yicha taqdirlandi.

 

 

Boshqa yangiliklar

img

Xalq banki va UnionPay: xalqaro to‘lov xizmatlari yo‘nalishida yangi hamkorlik

img68
23 Jun
img

Dam olish kunlari ham xizmat ko'rsatamiz

img128
19 Jun
img

Xalq banki jamoasi “ZAAMIN ULTRA 2026” musobaqasida faol ishtirok etdi

img158
15 Jun
img

Dam olish kunlari ham xizmat ko'rsatamiz

img227
12 Jun
img

Fitch Ratings Xalq banki reytingi bo‘yicha prognozni “Ijobiy”ga o‘zgartirdi

img78
09 Jun
img

Xalq banki xodimlari sport maydonlarida ham peshqadam

img65
08 Jun
Barcha yangiliklar