Топ рейтинг www.uz
Test rejim
logo

Xalq banki mas'ullari joylarda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

calendar 24.10.2025eye1share Поделиться

Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va ularning faoliyatini samarali rivojlantirishda joylarga chiqib, bevosita muloqot o‘tkazish muhim ahamiyatga ega. Bunday uchrashuvlar orqali tadbirkorlarning ish jarayonida uchrayotgan muammolarni aniqlash, ularni hal etish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqish imkoniyati yaratiladi.

Shu maqsadda, joriy yilning 23-24 oktabr kunlari Xalq banki boshqaruv raisi o‘rinbosari Gulzoda Rashidova boshchiligida bank mas’ullari Qibray tumanining “Bayitqo‘rg‘on” va Sergeli tumanining “Farog‘atli” mahallalaridagi kichik va o‘rta biznes subyektlarining faoliyatini joyiga chiqib o‘rgandilar.

Uchrashuv davomida tadbirkorlarning 60 ga yaqin murojaati ko'rildi va 30dan ortiq tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan tanishildi. 

Shuningdek, mazkur tumanlardagi tadbirkorlar hamda tadbirkorlikni boshlash istagidagi fuqarolar ishtirokida seminar tashkil etildi. Unda kichik biznesni kengaytirish, moliyaviy resurslardan foydalanish, shuningdek, kredit va imtiyozli dasturlar bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Uchrashuv yakunida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va mahalliy ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.