Xalq bankida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi
"Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni" munosabati bilan Xalq bankida ochiqlik, shaffoflik va jamoatchilik bilan hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.
Unda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari, OAV vakillari, jurnalistlar va jamoatchilik faollari ishtirok etdi.
Tadbirda Xalq banki tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, erishilgan natijalar to'g'risida ma'lumot berildi.
Tadbir ochiq muloqot tarzida o‘tib, ishtirokchilar mutaxassislar bilan yuzma-yuz suhbat qurish, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olish imkoniga ega bo‘ldilar.
Mazkur uchrashuv Xalq bankining ochiqlik siyosatini davom ettirish, jamoatchilik bilan samarali muloqotni kuchaytirish va korrupsiyaga qarshi kurashda hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.





