Xalq bankida professional ayollar uchun maxsus motivatsion seminar!
🏦 Xalq banki o‘z safidagi har bir ayolning bilim va salohiyatini yuqori qadrlaydi, ularning rivoji va professional o‘sishi uchun barcha sharoitlarni yaratishga intiladi.
📌 Joriy yilning 10-dekabr kuni Xalq banki Markaziy apparatda mehnat qilayotgan fidoyi va mehnatkash ayol xodimlar uchun Bosh ofisning katta majlislar zalida “Professional ayol: ishonch, motivatsiya va muvaffaqiyat psixologiyasi” mavzusida amaliy o‘quv-seminar tashkil etildi.



✔️ Mazkur treningni O‘zbekistonda mashhur bo‘lgan psixolog, psixoterapevt, motivator – Umida Abdullayeva olib bordi.
Seminar davomida:
✔️ professional rivojlanish strategiyalari;
✔️ motivatsiya va ishonchni mustahkamlash;
✔️ muvaffaqiyat psixologiyasiga oid muhim metodlar amaliy ko‘rinishda taqdim etildi.
🎯 Ushbu trening bank jamoasidagi ayollarning professional salohiyatini yanada yuksaltirish, ularning o‘ziga ishonchi, ichki kuch-g‘ayrati va shaxsiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.





