logo

Xalq banki xalqaro musobaqada ishtirok etdi

calendar 22.04.2024eye280

🏆 Sport – bu faqat chempionlik emas, balki odam o'zini yaxshiroq bilishi va chegaralarini kengaytirish uchun imkoniyat. 

Har yili poytaxt Toshkentda mahalliy havaskor va professional, shu bilan birga, yaqin xorijiy davlatlardan kelgan eng yaxshi, iqtidorli yuguruvchilar ommaviy yugurish marafonida jamlanadi.  

🏃 Bu yil ham an'anaga muvofiq 21-aprel kuni "VI Toshkent xalqaro marafoni" o'tkazildi.  Ushbu yugurish musobaqasida 5,5 mingdan ortiq havaskor yuguruvchi va professional sportchilar ishtirok etdi. Ular musobaqa doirasida 42 km, 21 km, 10 km va 3 km masofani bosib o'tdi. 

 

 

 

 

 

 

 

Mazkur nufuzli sport musobaqasida Xalq bankining 20 nafarga yaqin xodimlari ham faol ishtirok etib, 21 km, 10 km va 3 km masofada o‘zlarini sinab ko‘rdi. Katta taassurotlar, tetik ruh va jismoniy faollikka ega bo'lgan bank xodimlari kelgusida yana shunday xalqaro musobaqalarda faol qatnashishni maqsad qildi.

Boshqa yangiliklar

img

Xalq banki: sport, birdamlik va sog'lom kelajak

img43
20 Apr
img

Dunyo bo‘ylab to‘lovlar uchun yagona yechim

img48
17 Apr
img

Dam olish kunlari ham xizmatlarimizdan foydalaning

img406
17 Apr
img

Xalq banki xodimlari korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimining xalqaro standartlari asosida o‘qitildi

img54
16 Apr
img

Dam olish kunlari ham Xalq banki xizmatlaridan foydalaning

img426
10 Apr
img

Yoshlar kuni doirasida “Yashil tashabbus”

img65
03 Apr
Barcha yangiliklar