logo

Raqamli transformatsiya yo‘nalishida yana bir xalqaro mukofot

calendar 14.08.2026eye1

Xalq banki nufuzli Global Brands Magazine Awards 2026 xalqaro mukofoti doirasida “Leading Digital Transformation Bank – Uzbekistan 2026” (“2026-yilda O‘zbekistonda raqamli transformatsiya sohasida yetakchi bank”) nominatsiyasi g‘olibi deb topildi.

 

Mazkur e’tirof bankning O‘zbekistonda bank va moliya sohasida innovatsiyalarni rivojlantirish hamda samarali yechimlarni taqdim etish borasidagi faoliyatiga berilgan xalqaro bahodir.

 

Global Brands Magazine tomonidan tashkil etilgan BANKING/FINANCE AWARDS doirasida nomzodlar mustaqil tadqiqot guruhi tomonidan innovatsiyalar, xizmatlar sifati, brending faoliyati, mijozlarga xizmat ko‘rsatish va umumiy faoliyat samaradorligi singari mezonlar asosida baholandi.

 

Xalq bankining yuqori raqobat mavjud bo‘lgan ishtirokchilar orasidan mazkur nominatsiyada g‘olib deb topilishi zamonaviy raqamli bank xizmatlarini rivojlantirish borasidagi sa’y-harakatlari xalqaro miqyosda ham e’tirof etilayotganini ko‘rsatadi.

 

Global Brands Magazine (GBM) nufuzli brend nashrlaridan biri. GBM har yili turli yo‘nalishlarda mukofotlar tashkil etib, innovatsion yondashuvi, yuqori sifatli xizmatlari va samarali boshqaruvi bilan soha yetakchilari orasida ajralib turadigan kompaniyalarni taqdirlaydi.

Boshqa yangiliklar

img

Raqamli transformatsiya yo‘nalishida yana bir xalqaro mukofot

img1
14 Aug
img

Xalq banki — O‘zbekistonda ayol tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha eng yaxshi bank!

img52
12 Aug
img

Hurmatli mijozlar!

img106
07 Aug
img

Dam olish kunlari ham xizmat ko'rsatamiz

img106
07 Aug
img

Xalq bankida Alibaba Group vakillari bilan strategik uchrashuv bo‘lib o‘tdi

img59
06 Aug
img

Jismoniy shaxslar uchun tariflar o'zgarmoqda

img50
24 Jul
Barcha yangiliklar