Топ рейтинг www.uz
Test rejim
logo
img
img

Xalq banki bugun

Xalq bankining missiyasi – taqdim etiladigan, eng zamonaviy xalqaro standartlarga javob beradigan bank mahsulotlari va xizmatlarining ko’lami hamda hajmlarini kengaytirish va ulardan butun yurtimiz bo’ylab foydalanish imkoniyatini ta’minlash orqali O`zbekistondagi yetakchi universal bank bo’lish

2012 - yildan  boshlab   Xalq banki   yuqori   darajadagi   xalqaro   reytinglarga  ega  bo‘lib  kelmoqda.

 

2019 - yil   Xalq banki tarixida ilk marotaba “Moliyaviy hisobot xalqaro standartlari"ning 

9-standarti amaliyotga tatbiq etildi hamda ISO 9001:2015” xalqaro muvofiqlik sertifikati olindi.

 

Xalq banki har yili dunyoning yetakchi reyting agentliklaridan reyting oladi va ularni o‘z faoliyatidagi dolzarb voqealar haqida muntazam xabardor qilib boradi.

 

2022 yilda Fitch va S&P Global reyting agentliklari bankning uzoq muddatli reytingini (mos ravishda "BB-" va "B+" darajasida) barqaror prognozda hamda  "B" darajadagi qisqa muddatli reyting bilan tasdiqladilar.

 

 

Bank kapitali

Bizning moliyaviy ko‘rsatkichlarimiz barqaror o‘sish dinamikasiga ega. Bugungi kunda Xalq bankining jami kapitali 5 647 073 mln. so‘mni tashkil qiladi. 2021-yil 1-noyabriga nisbatan 8 % ga o‘sgan.

 

Jalb qilingan aholi omonatlari

2022-yilning 1-noyabr holatiga aholi omonatlari 8 278 295, 34 mln. so‘m bo‘lib, 2021-yil 1-noyabriga nisbatan 14,5 foizga o‘sgan.

 

Bank kredit qo‘yilmalari

2022 - yilning 1- noyabr holatiga bankning kredit qo‘yilmalari 21  184 082,0 mln. so‘m bo‘lib, 2021-yilning 1- noyabriga nisbatan 2,5 % ga oshgan.

 

Bank strukturasi

 

  • Xalq banki filiallari – 187 ta;
  • Bankdan tashqari tashkil etilgan kassalar – 26 ta;
  • 24/7 shoxobchalari – 465 ta;
  • Bank xizmatlari markazlari – 86 ta;
  • Valyuta ayirboshlash shoxobchalari – 233 ta;
  • Xalqaro pul o‘tkazmalari shoxobchalari – 269 ta;
  • Bank kassalari (jamg‘arma kassa, maxsus kassa, universal kassa va boshqalar) – 590 ta;
  • Ko‘chma (sayyor) kassalar – 1443 ta.

 

Bir aksiya uchun dividendlar (so'm)

 

Aksiyalar turi

2016 yil oxirida

2017 yil oxirida

2018 yil oxirida

2019 yil oxirida

2020 yil oxirida

2021 yil oxirida

pul ko‘rinishida

foizlarda

pul ko‘rinishida

foizlarda

pul ko‘rinishida

foizlarda

dividendlar to‘lanmagan

dividendlar to‘lanmagan

dividendlar to‘lanmagan

Oddiy aksiyalar

13,65

1,37%

13,83

1,38%

4,92

0,49%

 

 

 

Bank Ustavining 15-bandiga asosan:

 

Bank o‘z aksiyalarini sotib olish uchun Markaziy bankdan oldindan ruxsat olishi shart. Bank sotib olgan o‘z aksiyalarining miqdori bank ustav kapitalining o‘n foizidan oshmasligi kerak.

Bank o‘z aksiyalarini sotib olish uchun oldindan ruxsat olish maqsadida bank o‘z aksiyalarini sotib olish sabablarini ko‘rsatib, bank aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishining qarori va arizasini Markaziy bankka taqdim etadi.