Топ рейтинг www.uz
Test rejim
logo

O‘zbekistonning birinchi banki

Аksiyadorlik tijorat Xalq banki – O‘zbekiston hududida tashkil etilgan birinchi bank bo‘lib, 1,5 asrlik tarixga ega. Uning Toshkentdagi birlamchi jamg‘arma kassalari 1875-yil 10-mayda o‘z faoliyatini boshlagan. Bank yil davomida jami O‘zbekiston aholisining 30%ga, kichik va o‘rta biznes vakillarining 20%ga yaqiniga xizmat ko‘rsatadi.

  • 1869 Turkistonning birinchi general-gubernatori Konstantin Petrovich Kaufman Rossiya imperiyasi Davlat banki (Gosbank)ning Toshkentdagi filialini ochish bo‘yicha Moliya vazirligining maxsus komissiyasiga taklif kiritadi.
  • 1871 23 avgust Rossiya imperiyasi Moliya vazirligining maxsus komissiyasi rahbari Konstantin Karlovich Grot Gʻaznachilik palatasiga Turkiston general-gubernatorining taklifi yuzasidan o‘z xulosasini taqdim etadi.
  • 1874 12 - noyabr Rossiya imperiyasi Moliya vaziri Mixail Xristoforovich Reytern Sirdaryo okrugi gubernatorligining markazida Rossiya imperiyasi Davlat bankining Toshkent filialini ochish to‘g‘risida ruxsatnoma taqdim etadi.
  • 1874 12 - dekabr Turkistonning birinchi general-gubernatori Konstantin Petrovich Kaufman Rossiya imperiyasi Davlat bankining Toshkentdagi filialini ochish to‘g‘risidagi qarorni imzolaydi.
  • 1875 13 - mart Rossiya imperiyasi Davlat bankining boshqaruvchisi Sirdaryo okrugi general-gubernatoriga bankning Toshkentdagi filialini tashkil etish uchun bino ajratishni so‘rab, murojaat yo‘llaydi.
  • 1875 8 - may Davlat bankining Toshkentdagi filiali rahbari 10-mayni filialning rasman ochilish kuni ekanligini ma’lum qilib Sirdaryo okrugi general-gubernatoriga maktub jo‘natadi.
  • 1875 10 - may Davlat bankining Toshkent filiali (birlamchi jamg‘arma kassalari) rasman ochildi hamda aholiga 8 turdagi bank xizmatlarini ko‘rsata boshladi.
  • 1896 Samarqand, Buxoro, Xiva, Qo‘qon, Marg‘ilon va boshqa yirik shaharlarda bank filiallari ochildi.
  • 1925 Butun tarmoq jamg‘arma kassalari ittifoq Davlat mehnat jamg‘arma bankiga aylantirildi.
  • 1993 27 - avgust O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 430-sonli qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi mehnat jamg‘armalari va aholiga kredit berish davlat-tijorat banki (“O‘zjamg‘armabank”)ning Ustavi tasdiqlandi hamda uning asosiy vazifa va funksiyalari belgilandi.
  • 1995 4 - oktabr O‘zbekiston Respublikasi hukumatining “O‘zjamg‘armabank”ni O‘zbekiston Respublikasi Xalq bankiga aylantirish to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.
  • 1995 10 - oktabr Vazirlar Mahkamasining 386-son qaroriga asosan “O‘zjamg‘armabank” O‘zbekiston Respublikasi Xalq bankiga aylantirildi.
  • 2004 2 - dekabr O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-702-II sonli Qaroriga asosan fuqarolarni jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobga olish Xalq banki tomonidan amalga oshirilishi belgilandi.
  • 2015 24 - aprel O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Аksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4720-sonli Farmoniga asosan bank nomi “Аksiyadorlik tijorat Xalq banki” nomiga o‘zgartirildi.
  • 2017 13 - mart O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2826-sonli Qarori bilan pensiyalar va nafaqalarni to‘lash Xalq banki tomonidan amalga oshirilishi belgilandi.

Xalq banki bugun

Hukumatning doimiy ravishda qo'llab-quvvatlashi tufayli Xalq bankining salohiyati yanada oshib bormoqda. Mustaqillik yillarida Xalq banki mamlakat iqtisodiyotining pul-kredit sohasidagi islohotlar jarayonida hukumatning moliya agenti sifatida faoliyat olib borib, zimmasiga yuklangan mas’uliyatli vazifalarni doimiy ravishda ado etib kelmoqda. Bank o'z salohiyatini barqarorlashtirish, aholining ishonchini qozonish, mamlakat bank xizmatlari bozoridagi o'z mavqei va rolini mustahkamlash uchun barcha sa'y-harakatlarini safarbar etmoqda.

Group 39979.png

Bugungi kunda Xalq banki O'zbekiston bank tizimining muhim bo'g'ini hisoblanadi. Uning 196 ta hududiy va tuman (shahar) filiallari, 106 ta Bank xizmatlari markazlari va 2260 ga yaqin kassalar iqtisodiyotning real sektoriga – kichik biznes subyektlari va aholiga keng qamrovli bank xizmatlarini ko'rsatib kelmoqda. Xalq bankining asosiy vazifalaridan biri O'zbekistonning keksa fuqarolarini nafaqalar bilan o'z vaqtida ta'minlashdan iborat. O'zbekiston Respublikasi «Fuqarolarning jamg'arib boriladigan pensiya ta'minoti to'g'risida»gi Qonuniga asosan fuqarolarning davlat pensiya ta'minotiga qo'shimcha tariqasida jamg'arib boriladigan pensiya ta'minoti tizimi yo'lga qo'yilgan. Xalq banki yagona, o'z filiallarini bir-biri bilan bog'lovchi va yetarlicha himoyalovchi elektron baza yaratish uchun ko'p ishlarni amalga oshirdi. Xalq banki jamoasi doimiy ravishda o'z oldiga yangi strategik maqsad va vazifalarni qo'yib keladi. Ayni paytda mazkur qadam mijozlarga xizmat ko'rsatishning sifat jihatidan yangi darajasiga chiqishga, raqobatbardosh pozitsiyaga erishishga, investitsion jozibadorlikni ta'minlashga, boshqaruv va texnologik jarayonlarni modernizatsiyalash hisobiga moliya xizmatlar bozorida qator ko'rsatkichlar bo'yicha peshqadam pozitsiyani egallashga xizmat qilmoqda.