- Tarkibiy bo'linmalar
- Kuzatuv kengashi
- Normativ-huquqiy hujjatlar
Aksiyadorik tijorat Xalq bankida ijro intizomini samarali tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g'risida
MA’LUMOT
Aprel
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-iyuldagi “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-117-son Farmoniga asosan qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari farmoyishlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq banki tomonidan barcha zaruriy choralar ko‘rib kelinmoqda.
“Ijro.gov.uz” tizimi orqali 2026-yil aprel oyida Xalq bankiga jami 25 ta topshiriq ijro uchun yo‘naltirilgan. Shundan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, Qaror, Farmoyish va topshiriqlarida 16 ta, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari farmoyishlari va topshiriqlarida 7 ta hamda Vazirlar Mahkamasi qarorlarida 2 tani tashkil etgan.
Amalga oshirilgan ishlar natijasida 25ta topshiriqning barchasining ijrosi ta’minlandi hamda tizimdan nazoratdan yechildi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-61-son qarorining 3.1-bandi hamda 2025-yil 3-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-61-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi PQ-328-son qarorining 3-bandiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchi talabalari bandligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ajratiladigan resurslarning tijorat banklari o‘rtasidagi taqsimoti tasdiqlangan.
Ushbu topshiriq ijrosi yuzasidan taqsimotga asosan belgilangan resurs mablag‘larini jalb qilish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hamda Xalq banki o‘rtasida 2025-yil 28-noyabrda 454-sonli kelishuv imzolangan.
Mazkur kelishuvga asosan joriy yilning I choragida Xalq banki tomonidan Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan 15 000 000 000,00 (o‘n besh milliard) so‘m miqdoridagi resurs mablag‘lari jalb qilingan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-oktabrdagi “Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-358-sonli Qarorining 10.2-bandiga asosan bank tizimini sun’iy intellekt texnologiyalari bo‘yicha ilg‘or sohaga aylantirish va sohada xalqaro tajribani keng qo‘llash maqsadida davlat ulushiga ega tijorat banklari:
aholi va tadbirkorlik subyektlariga bank xizmatlarining qulayligi va sifatini oshirish;
“katta ma’lumotlar”ni qayta ishlash texnologiyalari va sun’iy intellektni qo‘llash orqali moliyaviy xavflarni boshqarish va mijozlarning to‘lov qobiliyatini baholash;
bank xiznmatlarini avtomatlashtirish, shuningdek, axborot xavfsizligi va firibgarlikka qarshi kurashish bo‘yicha zamonaviy mexanizmlarni joriy etish belgilangan.
Mazkur topshiriq ijrosi yuzasidan Xalq bankida 18 nafar malakali mutaxassis jalb qilinib, “Al-lab” sun’iy intellekt laboratoriyasi tashkil etildi hamda mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga qaratilgan bir qator AI asosidagi yechimlar amaliyotga joriy etildi.
Jumladan, xazna_ai_bot Telegram-boti ishga tushirilib, u orqali mijozlar 24/7 rejimida bank mahsulotlari, xizmatlar va tariflar bo‘yicha tezkor va aniq ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Shuningdek, “ai.xazna.uz” platformasi orqali foydalanuvchilarga bank xizmatlari haqida ma’lumot berish bilan birga, nutqni matnga aylantirish (STT), matnni nutqqa aylantirish (TTS) va chat-bot xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratildi.
Hozirda, Kontakt-sentr uchun joriy etilayotgan voice-bot esa kuniga
9 mingtagacha qo‘ng‘iroqlarni avtomatik qayta ishlash imkonini berib, bu amaldagi hajmdan 3 barobar yuqori ko‘rsatkichni ta’minlaydi, xizmat tezligi va sifatini oshiradi hamda operatorlar yuklamasini kamaytiradi.Bundan tashqari, bankda Data Warehouse (DWH) boshqarmasi tomonidan katta hajmdagi ma’lumotlar yig‘ilib, tizimlashtirilmoqda va tahlil uchun tayyorlanmoqda.
Aksiyadorik tijorat Xalq bankida ijro intizomini samarali tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g'risida
MA’LUMOT
Mart
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-iyuldagi “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-117-son Farmoniga asosan qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari farmoyishlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq banki tomonidan barcha zaruriy choralar ko‘rib kelinmoqda.
“Ijro.gov.uz” tizimi orqali 2026-yil mart oyida Xalq bankiga jami 33 ta topshiriq ijro uchun yo‘naltirilgan. Shundan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, Qaror, Farmoyish va topshiriqlarida 24 ta, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari farmoyishlari va topshiriqlarida 3 ta hamda Vazirlar Mahkamasi qarorlarida 6 tani tashkil etgan.
Amalga oshirilgan ishlar natijasida 33 ta topshiriqning barchasi ijrosi ta’minlandi hamda tizimdan nazoratdan yechildi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-22-sonli Farmoni, 2-ilova, 8.2-bandiga asosan aholini uy-joy bilan ta’minlashda ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirish, jumladan, dastur doirasida: – jami 23 trillion so‘m ipoteka kreditlarini ajratish, shundan, Davlat byudjetidan 12,2 trillion so‘m, banklarning o‘z mablag‘lari hisobidan 7,8 trillion so‘m va “O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJ hisobidan 3 trillion so‘m yo‘naltirish belgilangan.
Ushbu topshiriq ijrosi yuzasidan, 2025-yilda bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlash maqsadida Xalq banki tomonidan jami 8 942 nafar fuqaroga 2,4 trln so‘m miqdorida ipoteka kreditlari ajratildi.
Shundan, Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan 6 317 nafar fuqaroga 1,8 trln so‘mlik, bankning o‘z mablag‘lari hisobidan 2 247nafar fuqaroga 517 mlrd so‘mlik va “O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJ mablag‘lari hisobidan 378 nafar fuqaroga 88 mlrd so‘mlik ipoteka kreditlari ajratildi.
Shuningdek, ushbu farmonning tegishli bandlarida bankka yuklatilgan topshiriqlar ijrosini belgilangan muddatlarda ta’minlash maqsadida 2026-yilning 23-fevral kuni bank Boshqaruvining 26-sonli yig‘ilish bayoni tasdiqlanib, unga muvofiq “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi.
Tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ga asosan aholini uy-joy bilan ta’minlashda ipoteka krediti mexanizmlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2026-yilda bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashda yangi dastur doirasida bank tomonidan jami 2,6 trln so‘mlik ipoteka kreditlari ajratilishi rejalashtirilgan.
Shundan, Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan 1,6 trln so‘mlik, bank o‘z mablag‘lari hisobidan 879 mlrd so‘mlik va “O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJ mablag‘lari hisobidan 120 mlrd so‘mlik ipoteka kreditlari ajratilishi rejalashtirilgan.
2. Mazkur topshiriq ijrosi doirasida aholini uy-joy bilan ta’minlashda ipoteka kreditlari mexanizmlarini takomillashtirish maqsadida 2026-yilning 2-mart kuni bank Boshqaruvining 16/3-sonli qarori tasdiqlanib, unga muvofiq ipoteka kreditlari ajratish yuzasidan mahsulot pasportlari ishlab chiqilib bitta kvartira uchun ajratiladigan ipoteka kreditlarining miqdori Toshkent shahrida 480 million so‘m, hududlarda esa 380 million so‘mga yetkazildi. Bundan tashqari Bank tomonidan aholining yashash sharoitini yanada yaxshilash, uy-joyga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida birlamchi va ikkilamchi bozordan uy-joylar sotib olish hamda uy-joylarni ta’mirlash uchun “Ayollarga ko‘mak”, “Farovon”, “Farovon plus”, “Imkon”, “Oilaviy”, “Yashil ipoteka” va “Qulay” ipoteka kredit mahsulotlari amaliyotga joriy etilgan bo‘lib, aholi va bank mijozlariga qulay shartlar asosida taqdim etish uchun ushbu kredit mahsulotlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.
3. Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlash maqsadida 2025-yilda bank tomonidan jami 8 942 nafar fuqaroga 2,4 trln so‘m miqdorida ipoteka kreditlari ajratilib, shundan 2 338 nafar fuqaroga 679,2 mlrd so‘m miqdorida ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar ajratildi, 2026-yil davomida jami 2 788 nafar fuqaroga 776 mlrd so‘m miqdorida ipoteka kreditlari ajratilib, shundan 227 nafar fuqaroga 63,7 mlrd so‘m miqdorida ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar ajratildi.
Aksiyadorik tijorat Xalq bankida ijro intizomini samarali tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g'risida
MA’LUMOT
Fevral
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-iyuldagi “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-117-son Farmoniga asosan qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari farmoyishlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq banki tomonidan barcha zaruriy choralar ko‘rib kelinmoqda.
“Ijro.gov.uz” tizimi orqali 2026-yil fevral oyida Xalq bankiga jami 26 ta topshiriq ijro uchun yo‘naltirilgan. Shundan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, Qaror, Farmoyish va topshiriqlarida 24 ta, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari farmoyishlari va topshiriqlarida
2 tani tashkil etgan.
Amalga oshirilgan ishlar natijasida 26 ta topshiriqning barchasi ijrosi ta’minlandi hamda tizimdan nazoratdan yechildi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-martdagi “Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-103-sonli Qarori, 2-ilova, 1-bandiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2025-yilda Markaziy bank va tijorat banklari tomonidan 31 301 nafar xotin-qizlar bandligi ta’minlash rejasi belgilangan.
Ushbu topshiriq ijrosi yuzasidan, tijorat banklariga taqsimlangan rejaga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasida Xalq banki tomonidan 5 340 nafar
xotin-qizlar bandligi ta’minlash belgilangan bo‘lib, joriy yil 1-yanvar holatiga jami 8 925 nafar xotin-qizlar daromadli mehnat bilan ta’minlanib, belgilangan reja
167 foizga bajarildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “2026-yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-49-son qaroriga 9-ilovasi “Yo‘l xaritasi”ning 25.1-bandida tijorat banklari biriktirilgan hududlarda amalga oshirilgan namunali loyihalar negizida har bir tumanda o‘rtacha 5 tadan mahsulotni qayta ishlash, qadoqlash va saqlash loyihalarini tashkil qilish, bunda namunaviy loyihalar negizida tashkil etiladigan mahsulotlarni qayta ishlash, qadoqlash va saqlash loyihalari ro‘yxatini shakllantirish belgilangan.
Topshiriqqa muvofiq, Xalq banki mas’ul etib biriktirilgan Toshkent viloyatida amalga oshirilgan namunali loyihalar negizida mahsulotni qayta ishlash, qadoqlash va saqlash bo‘yicha 15 ta tumanning har birida 5 tadan umumiy qiymati 102,4 mlrd so‘m (o‘z mablag‘i 71,4 mlrd so‘m va bank krediti 31,0 mlrd so‘m) bo‘lgan jami
75 ta loyihalar ro‘yxati shakllantirildi.
Yanvar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-iyuldagi “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-117-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6166-sonli Farmoni, 2021-yil 31-maydagi “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
PQ-5132-sonli Qarori, Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 29-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi 140-sonli va 1999-yil 12-yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 12-sonli qarorlari talablari ijrosini ta’minlash maqsadida Aksiyadorlik tijorat Xalq banki tomonidan belgilangan tartibda zaruriy choralar ko‘rib kelinmoqda.
Jumladan, “Ijro.gov.uz” tizimi orqali yo‘llangan O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Qarorlari, Farmoyishlari va topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining fishka va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan Xalq banki zimmasiga yuklatilgan vazifalar bajarilishi tizimli yo‘lga qo‘yilgan.
Topshiriqlar ijrosini ta’minlashni muddatidan oldin tashkillashtirish maqsadida har haftaning dushanba va juma kunlari boshqaruv yig‘ilishi tashkil etilib, mas’ul rahbar va xodimlarga batafsil amaliy ko‘rsatmalar berib kelinmoqda.
Shuningdek, bank tomonidan amalga oshirilgan ishlar natijasida 2025-yilda “Ijro.gov.uz” tizimi orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, Qaror, Farmoyish va topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari farmoyishlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlarida 501 ta topshiriq kelib tushgan bo‘lib, ushbu topshiriqlarni bajarilishi ta’minlandi.
Xalq banki tomonidan ijro intizomini yanada samarali tashkil etish, hujjatlar aylanishini jadallashtirish, hisobotlarni to‘liq avtomat shakllantirilishini ta’minlash maqsadida dasturiy ta’minotda tegishli texnik o‘zgartirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, topshiriqlarni o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilishi ta’minlash maqsadida o‘rnatilgan tartibda barcha zaruriy choralar ko‘rib borilmoqda. Jumladan,
- joriy yil 15-avgustdan boshlab, har haftaning juma kuni Raisning birinchi o‘rinbosari rahbarligida “Ijro.gov.uz” elektron tizimi orqali kelib tushgan topshiriqlar hamda Boshqaruv Raisi va Rais o‘rinbosarlarining muhim (KPI) samaradorlik ko‘rsatkichlarining bajarilishini tanqidiy tahlil qilgan holda, har haftaning dushanba kuni Boshqaruv Raisi rahbarligida kamchiliklar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq choralar ko‘rish yuzasidan muhokamalar tashkil etib borilmoqda;
- har oy yakuni bo‘yicha bank Boshqaruvining kengaytirilgan yig‘ilishlarida Boshqaruv Raisi va Rais o‘rinbosarlarining eng muhim (KPI) samaradorlik ko‘rsatkichlarini bajarishga mas’ul barcha xodimlarning mas’uliyatini oshirish maqsadida bank Boshqaruv Raisi va barcha o‘rinbosarlari kesimida har bir tasdiqlangan maqsadli ko‘rsatkichlar tanqidiy muhokama qilingan holda, tegishli choralar ko‘rib borilmoqda;
- iqtisodiy o‘qishlarni tashkil etgan holda, bankning tegishli tarkibiy bo‘linmalari va mintaqaviy hamda bank xizmatlari markazlari mas’ul xodimlarining bilim va ko‘nikmalari oshirib borilmoqda.
Dekabr
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-iyuldagi “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-117-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6166-sonli Farmoni, 2021-yil 31-maydagi “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
PQ-5132-sonli Qarori, Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 29-martdagi “O‘zbekiston respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi 140-sonli va 1999-yil 12-yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 12-sonli qarorlari talablari ijrosini ta’minlash maqsadida Aksiyadorlik tijorat Xalq banki tomonidan belgilangan tartibda zaruriy choralar ko‘rib kelinmoqda.
Xususan, Xalq bankida ijro intizomiga mas’ul bo‘lgan mustaqil tarkibiy bo‘linma sifatida Ijro nazorati departamenti faoliyati tashkil etilgan.
Bankda ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etishda xat, hujjatlarning elektron aylanishi yo‘lga qo‘yilgan, shu jumladan, bo‘linmalar o‘rtasida ichki elektron
xat-hujjatlar almashinuv tizimi ichki “Send me” elektron dasturi (keyingi o‘rinlarda – elektron dastur) orqali amalga oshiriladi.
Bugungi kunda, ushbu elektron dastur orqali:
- qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar kelib tushgan vaqtdan boshlab
30 daqiqa mobaynida Ijro nazorati departamentining mas’ul xodimi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi hamda rahbariyatga axborot berib boriladi;
- rahbariyat bir kun muddatda mas’ul ijrochini belgilagan holda tegishli topshiriqlarni beradi;
- belgilangan muddatlar doirasida mas’ul ijrochi tomonidan topshiriq ijrosi bo‘yicha ma’lumotlar va hujjatlar rahbardan elektron tasdiqlangan holda tegishli tashkilotlarga yuboriladi.
Ushbu elektron dasturda ijroni borish holatini, topshiriqlarni belgilangan muddatda bajarilishini nazorat qilish, hujjatlarning arxivini shakllantirish, hisobotlarni shakllantirish imkoniyatlari ham yaratilgan bo‘lib, Xalq bankida ish yuritishni jadallashtirish hamda hujjatlar bilan ishlashda qulayliklar yaratish uchun boshqa tizimlar bilan integratsiya qilingan.
Joriy yilning 1-dekabr holatiga “Ijro.gov.uz” idoralararo yagona elektron tizimi (keyingi o‘rinlarda – “Ijro.gov.uz” elektron tizimi) orqali Xalq bankiga
jami 298 ta topshiriq kelib tushgan bo‘lib, shundan, barcha topshiriqlar ijrosi taminlangan.
Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 191 taga yoki 3 barobarga ko‘paygan.
Bu esa o‘z navbatida, ijro intizomini yanada kuchaytirishni, topshiriqlarni bajarilmaslik xavfi mavjud yoki mavjud emasligi nuqtai nazaridan tahlil qilgan holda, nazorat qilib borishni taqozo etadi.
Shu munosabat bilan, topshiriqlarni o‘z vaqtida, to‘liq va siqatli bajarilishi ta’minlash maqsadida o‘rnatilgan tartibda barcha zaruriy choralar ko‘rib borilmoqda. Jumladan,
- joriy yil 15-avgustdan boshlab, har haftaning juma kuni Raisning birinchi o‘rinbosari rahbarligida “Ijro.gov.uz” elektron tizimi orqali kelib tushgan topshiriqlar hamda Boshqaruv Raisi va Rais o‘rinbosarlarining 2025-yil uchun 27 ta yo‘nalish bo‘yicha eng muhim (KPI) samaradorlik ko‘rsatkichlarining bajarilishini tanqidiy tahlil qilgan holda, har haftaning dushanba kuni Boshqaruv raisi rahbarligida kamchiliklar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq choralar ko‘rish yuzasidan muhokamalar tashkil etib borilmoqda;
- har oy yakuni bo‘yicha bank Boshqaruvining kengaytirilgan yig‘ilishlarida Boshqaruv Raisi va Rais o‘rinbosarlarining 2025-yil uchun eng muhim (KPI) samaradorlik ko‘rsatkichlarini bajarishga mas’ul barcha xodimlarning mas’uliyatini oshirish maqsadida bank Boshqaruv raisi va barcha o‘rinbosarlari kesimida har bir tasdiqlangan maqsadli ko‘rsatkichlar tanqidiy muhokama qilingan holda, tegishli choralar ko‘rib borilmoqda;
- iqtisodiy o‘qishlarni tashkil etgan holda, bankning tegishli tarkibiy bo‘linmalari va mintaqaviy hamda bank xizmatlari markazlari mas’ul xodimlarining bilim va ko‘nikmalari oshirib borilmoqda.
Aksiyadorik tijorat Xalq bankida ijro intizomini samarali tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘risida
MA’LUMOT
Noyabr
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-iyuldagi “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-117-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6166-sonli Farmoni, 2021-yil 31-maydagi “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
PQ-5132-sonli Qarori, Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 29-martdagi “O‘zbekiston respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi 140-sonli va 1999-yil 12-yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 12-sonli qarorlari talablari ijrosini ta’minlash maqsadida Aksiyadorlik tijorat Xalq banki tomonidan belgilangan tartibda zaruriy choralar ko‘rib kelinmoqda.
Xususan, Xalq bankida ijro intizomiga mas’ul bo‘lgan mustaqil tarkibiy bo‘linma sifatida Ijro nazorati departamenti faoliyati tashkil etilgan.
Bankda ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etishda xat, hujjatlarning elektron aylanishi yo‘lga qo‘yilgan, shu jumladan, bo‘linmalar o‘rtasida ichki elektron
xat-hujjatlar almashinuv tizimi ichki “Send me” elektron dasturi (keyingi o‘rinlarda – elektron dastur) orqali amalga oshiriladi.
Bugungi kunda, ushbu elektron dastur orqali:
- qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar kelib tushgan vaqtdan boshlab
30 daqiqa mobaynida Ijro nazorati departamentining mas’ul xodimi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi hamda rahbariyatga axborot berib boriladi;
- rahbariyat bir kun muddatda mas’ul ijrochini belgilagan holda tegishli topshiriqlarni beradi;
- belgilangan muddatlar doirasida mas’ul ijrochi tomonidan topshiriq ijrosi bo‘yicha ma’lumotlar va hujjatlar rahbardan elektron tasdiqlangan holda tegishli tashkilotlarga yuboriladi.
Ushbu elektron dasturda ijroni borish holatini, topshiriqlarni belgilangan muddatda bajarilishini nazorat qilish, hujjatlarning arxivini shakllantirish, hisobotlarni shakllantirish imkoniyatlari ham yaratilgan bo‘lib, Xalq bankida ish yuritishni jadallashtirish hamda hujjatlar bilan ishlashda qulayliklar yaratish uchun boshqa tizimlar bilan integratsiya qilingan.
Joriy yilning 1-noyabr holatiga “Ijro.gov.uz” idoralararo yagona elektron tizimi (keyingi o‘rinlarda – “Ijro.gov.uz” elektron tizimi) orqali Xalq bankiga jami 276 ta topshiriq kelib tushgan bo‘lib, shundan, barcha topshiriqlar ijrosi taminlangan.
Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 177 taga yoki 3 barobarga ko‘paygan.
Bu esa o‘z navbatida, ijro intizomini yanada kuchaytirishni, topshiriqlarni bajarilmaslik xavfi mavjud yoki mavjud emasligi nuqtai nazaridan tahlil qilgan holda, nazorat qilib borishni taqozo etadi.
Shu munosabat bilan, topshiriqlarni o‘z vaqtida, to‘liq va siqatli bajarilishi ta’minlash maqsadida o‘rnatilgan tartibda barcha zaruriy choralar ko‘rib borilmoqda. Jumladan,
- joriy yil 15-avgustdan boshlab, har haftaning juma kuni Raisning birinchi o‘rinbosari rahbarligida “Ijro.gov.uz” elektron tizimi orqali kelib tushgan topshiriqlar hamda Boshqaruv Raisi va Rais o‘rinbosarlarining 2025-yil uchun 27 ta yo‘nalish bo‘yicha eng muhim (KPI) samaradorlik ko‘rsatkichlarining bajarilishini tanqidiy tahlil qilgan holda, har haftaning dushanba kuni Boshqaruv raisi rahbarligida kamchiliklar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq choralar ko‘rish yuzasidan muhokamalar tashkil etib borilmoqda;
- bank Boshqaruvi Raisi va Rais o‘rinbosarlarining 2025-yil uchun eng muhim (KPI) samaradorlik ko‘rsatkichlarini bajarish maqsadida tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari bilan birgalikda haftada bir marotaba rais o‘rinbosarlari boshchiligida belgilangan reja ko‘rsatkichlarni bajarilishi ijro holati yuzasidan muhokamalar tashkil qilib borilmoqda;
- har oy yakuni bo‘yicha bank Boshqaruvining kengaytirilgan yig‘ilishlarida Boshqaruv Raisi va Rais o‘rinbosarlarining 2025-yil uchun eng muhim (KPI) samaradorlik ko‘rsatkichlarini bajarishga mas’ul barcha xodimlarning mas’uliyatini oshirish maqsadida bank Boshqaruv raisi va barcha o‘rinbosarlari kesimida har bir tasdiqlangan maqsadli ko‘rsatkichlar tanqidiy muhokama qilingan holda, tegishli choralar ko‘rib borilmoqda;
- iqtisodiy o‘qishlarni tashkil etgan holda, bankning tegishli tarkibiy bo‘linmalari va mintaqaviy hamda bank xizmatlari markazlari mas’ul xodimlarining bilim va ko‘nikmalari oshirib borilmoqda.
Aksiyadorik tijorat Xalq bankida ijro intizomini samarali tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘risida
MA’LUMOT
Oktabr
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-iyuldagi “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-117-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6166-sonli Farmoni, 2021-yil 31-maydagi “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5132-sonli Qarori, Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 29-martdagi “O‘zbekiston respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi 140-sonli va 1999-yil 12-yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 12-sonli qarorlari talablari ijrosini ta’minlash maqsadida Aksiyadorlik tijorat Xalq banki tomonidan belgilangan tartibda zaruriy choralar ko‘rib kelinmoqda.
Xususan, Xalq bankida ijro intizomiga mas’ul bo‘lgan mustaqil tarkibiy bo‘linma sifatida Ijro nazorati departamenti faoliyati tashkil etilgan.
Bankda ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etishda xat, hujjatlarning elektron aylanishi yo‘lga qo‘yilgan, shu jumladan, bo‘linmalar o‘rtasida ichki elektron xat-hujjatlar almashinuv tizimi ichki “Send me” elektron dasturi (keyingi o‘rinlarda – elektron dastur) orqali amalga oshiriladi.
Bugungi kunda, ushbu elektron dastur orqali:
- qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar kelib tushgan vaqtdan boshlab 30 daqiqa mobaynida Ijro nazorati departamentining mas’ul xodimi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi hamda rahbariyatga axborot berib boriladi;
- rahbariyat bir kun muddatda mas’ul ijrochini belgilagan holda tegishli topshiriqlarni beradi;
- belgilangan muddatlar doirasida mas’ul ijrochi tomonidan topshiriq ijrosi bo‘yicha ma’lumotlar va hujjatlar rahbardan elektron tasdiqlangan holda tegishli tashkilotlarga yuboriladi.
Ushbu elektron dasturda ijroni borish holatini, topshiriqlarni belgilangan muddatda bajarilishini nazorat qilish, hujjatlarning arxivini shakllantirish, hisobotlarni shakllantirish imkoniyatlari ham yaratilgan bo‘lib, Xalq bankida ish yuritishni jadallashtirish hamda hujjatlar bilan ishlashda qulayliklar yaratish uchun boshqa tizimlar bilan integratsiya qilingan.
Joriy yilning 1-oktabr holatiga “Ijro.gov.uz” idoralararo yagona elektron tizimi (“Ijro.gov.uz” elektron tizimi) orqali Xalq bankiga jami 253 ta topshiriq kelib tushgan bo‘lib, shundan, barcha topshiriqlar ijrosi taminlangan.
Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 162 taga yoki 2,8 barobarga ko‘paygan.
Bu esa o‘z navbatida, ijro intizomini yanada kuchaytirishni, topshiriqlarni bajarilmaslik xavfi mavjud yoki mavjud emasligi nuqtai nazaridan tahlil qilgan holda, nazorat qilib borishni taqozo etadi.
Shu munosabat bilan, topshiriqlarni o‘z vaqtida, to‘liq va siqatli bajarilishi ta’minlash maqsadida o‘rnatilgan tartibda barcha zaruriy choralar ko‘rib borilmoqda. Jumladan,
- joriy yil 15-avgustdan boshlab, har haftaning juma kuni Raisning birinchi o‘rinbosari rahbarligida “Ijro.gov.uz” elektron tizimi orqali kelib tushgan topshiriqlar hamda Boshqaruv Raisi va Rais o‘rinbosarlarining 2025-yil uchun 27 ta yo‘nalish bo‘yicha eng muhim (KPI) samaradorlik ko‘rsatkichlarining bajarilishini tanqidiy tahlil qilgan holda, har haftaning dushanba kuni Boshqaruv raisi rahbarligida kamchiliklar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq choralar ko‘rish yuzasidan muhokamalar tashkil etib borilmoqda;
- bank Boshqaruvi Raisi va Rais o‘rinbosarlarining 2025-yil uchun eng muhim (KPI) samaradorlik ko‘rsatkichlarini bajarish maqsadida tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari bilan birgalikda haftada bir marotaba rais o‘rinbosarlari boshchiligida belgilangan reja ko‘rsatkichlarni bajarilishi ijro holati yuzasidan muhokamalar tashkil qilib borilmoqda;
- har oy yakuni bo‘yicha bank Boshqaruvining kengaytirilgan yig‘ilishlarida Boshqaruv Raisi va Rais o‘rinbosarlarining 2025-yil uchun eng muhim (KPI) samaradorlik ko‘rsatkichlarini bajarishga mas’ul barcha xodimlarning mas’uliyatini oshirish maqsadida bank Boshqaruv raisi va barcha o‘rinbosarlari kesimida har bir tasdiqlangan maqsadli ko‘rsatkichlar tanqidiy muhokama qilingan holda, tegishli choralar ko‘rib borilmoqda;
- iqtisodiy o‘qishlarni tashkil etgan holda, bankning tegishli tarkibiy bo‘linmalari va mintaqaviy hamda bank xizmatlari markazlari mas’ul xodimlarining bilim va ko‘nikmalari oshirib borilmoqda.
Aksiyadorik tijorat Xalq bankida ijro intizomini samarali tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘risida
MA’LUMOT
Sentabr
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-iyuldagi “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-117-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6166-sonli Farmoni, 2021-yil 31-maydagi “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5132-sonli Qarori, Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 29-martdagi “O‘zbekiston respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi 140-sonli va 1999-yil 12-yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 12-sonli qarorlari talablari ijrosini ta’minlash maqsadida Aksiyadorlik tijorat Xalq banki tomonidan belgilangan tartibda zaruriy choralar ko‘rib kelinmoqda.
Xususan, Xalq bankida ijro intizomiga mas’ul bo‘lgan mustaqil tarkibiy bo‘linma sifatida Ijro nazorati departamenti faoliyati tashkil etilgan bo‘lib, bankda ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etishda xat, hujjatlarning elektron aylanishi yo‘lga qo‘yilgan, shu jumladan, bo‘linmalar o‘rtasida ichki elektron xat-hujjatlar almashinuv tizimi ichki elektron dastur orqali amalga oshiriladi.
Jumladan, bugungi kunda, ushbu elektron dastur orqali:
- qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar kelib tushgan vaqtdan boshlab 30 daqiqa mobaynida Ijro nazorati departamentining mas’ul xodimi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi hamda rahbariyatga axborot beriladi;
- rahbariyat bir kun muddatda mas’ul ijrochini belgilagan holda tegishli topshiriqlarni beradi;
- belgilangan muddat doirasida mas’ul ijrochi tomonidan topshiriq ijrosi bo‘yicha ma’lumotlar va hujjatlar rahbardan elektron tasdiqlangan holda tegishli tashkilotlarga yuboriladi.
Shu bilan birga, ushbu elektron dasturda ijroni borish holatini, topshiriqlarni belgilangan muddatda bajarilishini nazorat qilish, hujjatlarning arxivini shakllantirish, hisobotlarni shakllantirish imkoniyatlari ham yaratilgan bo‘lib,
Xalq bankida ish yuritishni jadallashtirish hamda hujjatlar bilan ishlashda qulayliklar yaratish uchun boshqa tizimlar bilan integratsiya qilingan.
Amalga oshirilgan ishlar natijasida joriy yilning 1-sentabr holatiga “Ijro.gov.uz” idoralararo yagona elektron tizimi (“Ijro.gov.uz” elektron tizimi) orqali Xalq bankiga jami 225 ta topshiriq kelib tushgan bo‘lib, shundan, barcha topshiriqlar ijrosi taminlangan.
Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtitrilganda 149 taga yoki 3 barobarga ko‘paygan.
Bu esa o‘z navbatida, ijro intizomini yanada kuchaytirishni, topshiriqlarni bajarilmaslik xavfi mavjud yoki mavjud emasligi nuqtai nazaridan tahlil qilgan holda, nazorat qilib borishni taqozo etadi.
Shu boisdan, topshiriqlarni o‘z vaqtida, to‘liq va siqatli bajarilishi ta’minlash maqsadida o‘rnatilgan tartibda barcha zaruriy choralar ko‘rib borilmoqda.
Jumladan,
- joriy yil 15-avgustdan boshlab, har haftaning juma kuni Raisning birinchi o‘rinbosari rahbarligida “Ijro.gov.uz” elektron tizimi orqali kelib tushgan topshiriqlar hamda maqsadli ko‘rsatkichlar bajarilishini tanqidiy tahlil qilgan holda, har haftaning dushanba kuni Boshqaruv raisi rahbarligida kamchiliklar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq choralar ko‘rish yuzasidan muhokamalar tashkil etib borilmoqda;
- maqsadli ko‘rsatkichlarni bajarish maqsadida tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari bilan birgalikda haftada bir marotaba rais o‘rinbosarlari boshchiligida belgilangan reja ko‘rsatkichlarni bajarilishi ijro holati yuzasidan muhokamalar tashkil qilib borilmoqda;
- har oy yakuni bo‘yicha bank Boshqaruvining kengaytirilgan yig‘ilishlarida maqsadli ko‘rsatkichlarni bajarishga mas’ul barcha xodimlarning mas’uliyatini oshirish maqsadida bank Boshqaruv raisi va barcha o‘rinbosarlari kesimida har bir tasdiqlangan maqsadli ko‘rsatkichi tanqidiy muhokama qilingan holda, tegishli choralar ko‘rib borilmoqda;
O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq bankida
ijro intizomining yuritilishi to‘g‘risida
MA’LUMOT
Avgust
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6166-sonli Farmoni, 2021-yil 31-maydagi “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5132-sonli Qarori, Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 29-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi 140-sonli va 1999-yil 12-yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 12-sonli qarorlarida belgilangan talablar ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq banki tomonidan o‘rnatilgan tartibda zaruriy choralar ko‘rib kelinmoqda.
Xususan, Xalq bankida ijro intizomiga mas’ul bo‘lgan mustaqil tarkibiy bo‘linma sifatida Ijro nazorati departamenti faoliyat yuritib kelmoqda, shu jumladan, bankda ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etishda xat-hujjatlarning elektron aylanish tizimi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bunda, tarkibiy bo‘linmalar o‘rtasida ichki electron xat-hujjatlar almashinuvi ichki elektron dastur orqali amalga oshiriladi.
Jumladan, bugungi kunda, ushbu elektron dastur orqali:
- qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar kelib tushgan vaqtdan boshlab 30 daqiqa mobaynida Ijro nazorati departamentining mas’ul xodimi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi hamda rahbariyatga axborot beriladi;
- rahbariyat bir kun muddatda mas’ul ijrochini belgilagan holda, tegishli topshiriqlarni beradi;
- belgilangan muddat doirasida mas’ul ijrochi tomonidan topshiriq ijrosi bo‘yicha ma’lumotlar va hujjatlar rahbardan elektron tasdiqlangan holda, tegishli tashkilotlarga yuboriladi.
Shu bilan birga, ushbu elektron dasturda ijroning borish holatini va topshiriqlarning belgilangan muddatda bajarilishini nazorat qilish, hujjatlarning arxivini hamda hisobotlarni shakllantirish imkoniyatlari ham yaratilgan bo‘lib,
Xalq bankida ish yuritishni jadallashtirish va hujjatlar bilan ishlashda qulayliklar yaratish maqsadida boshqa tizimlar bilan integratsiya qilingan.
Amalga oshirilgan ishlar natijasida, joriy yilning 1-avgust holatiga “Ijro.gov.uz” idoralararo yagona elektron tizimi orqali Xalq bankiga jami 214 ta topshiriq kelib tushgan bo‘lib, shundan, barcha topshiriqlar ijrosi ta’minlangan.
Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda, topshiriqlar soni bo‘yicha 148 taga yoki 3,2 barobarga ko‘paygan.
Bu esa o‘z navbatida, ijro intizomini yanada kuchaytirishni, topshiriqlarni bajarilmaslik xavfi mavjud yoki mavjud emasligi nuqtayi nazaridan tahlil qilgan holda, nazorat qilib borishni taqozo etadi.
Shundan kelib chiqqan holda, bugungi kunda topshiriqlarni o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilishini ta’minlash maqsadida o‘rnatilgan tartibda barcha zaruriy choralar ko‘rib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq banki tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida
MA’LUMOT
I. Bank xizmatlari sifatini oshirish va avtomatlashtirish bo‘yicha.
Mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirildi:
1. Kredit ajratish jarayonida qaror qabul qilish bosqichlari, “skoring” tizimi, “kredit konveyeri” dasturi va “anderrayterlar” faoliyati qayta ko‘rib chiqildi. Mijozlar faoliyatini har tomonlama tahlil qilish maqsadida “skoring” tizimi 8 ta tashkilot bazasi bilan integratsiya qilindi.
Shu bilan birga, kreditlashga aloqador tarkibiy bo‘linmalar soni 5 tadan 2 taga, hujjatlarni ko‘rib chiqish jarayoni 3 bosqichdan 2 bosqichga tushirildi. Buning natijasida kreditlash jarayoni yanada tezlashishiga erishildi.
Shuningdek, Markaziy bank bilan birgalikda ijtimoiy dasturlar doirasida mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida barcha kredit hujjatlari “oilakredit.uz” onlayn platformasi orqali elektron tarzda shakllanishi va mijozning bankka tashrifisiz elektron klyuch orqali tasdiqlash joriy qilindi.
2022-yil davomida ushbu platforma orqali 173 034 ta loyiha asosida 3,8 trln so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratildi.
2. Xalq banki va Rossiyaning Sberbanki o‘rtasida Sberbank kartalaridan Xalq banki kartalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri pul o‘tkazmalarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma kelishuv imzolandi. Mazkur hamkorlik doirasida joriy yil fevral oyidan “Sberbank-onlayn” mobil ilovasi orqali Xalq banki kartalariga Rossiyaning istalgan hududidan
“24/7”-onlayn rejimida pul o‘tkazmalarini amalga oshirish yo‘lga qo‘yildi.
Ushbu xizmatni yo‘lga qo‘yish orqali Xalq banki kartalaridan foydalanuvchi 5 mln nafardan ortiq aholiga xalqaro pul o‘tkazmalarini istalgan vaqtda, bankka tashrif buyurmasdan, ortiqcha hujjatlarsiz, ayniqsa, respublikaning olis va chekka hududlaridagi aholiga tuman markaziga kelmasdan mablag‘larni onlayn tarzda olish imkoniyati yaratildi. Natijada, joriy yil davomida 2,3 mln nafarga yaqin fuqarolar tomonidan 2,65 trln so‘mdan ortiq (14,6 mlrd rubl) to‘lovlar amalga oshirildi.
3. Pensiya, nafaqa va boshqa ijtimoiy to‘lovlarni to‘lash mexanizmlari qayta ko‘rib chiqildi va soddalashtirildi:
a) pensiya mablag‘larini bank kartasiga o‘tkazish bo‘yicha arizalarni Pensiya jamg‘armasiga bormasdan bank filialiga topshirish yo‘lga qo‘yildi.
b) fuqarolarga farzandi tug‘ilganligi haqidagi guvohnomani rasmiylashtirish bilan avtomat tarzda bank kartasi orqali suyunchi pulini olish tizimi joriy etildi.
Bunda, fuqaro FHDYo organlarida guvohnoma rasmiylashtirgan vaqtda o‘zini yoki turmush o‘rtog‘ini (ota-onasini) nomida bank kartasi bo‘lishi yetarli hisoblanadi.
Natijada, bugungi kunga qadar 212 162 nafar fuqaroga 126 mlrd so‘mdan ortiq nafaqa to‘lovlari onlayn tarzda bank kartalariga o‘tkazib berildi.
4. Kassa amaliyotlarini avtomatlashtirish yuzasidan kassada yuritiladigan barcha kitoblar, talabnomalar va kirim-chiqim amaliyotlarining elektron yuritilishi bo‘yicha alohida dasturiy ta’minot yaratilib, ishchi (real) bazada bankning barcha filiallarida joriy etildi.
5. Kadrlar siyosatida inson omili aralashuvi va qog‘oz sarfini kamaytirish maqsadida mehnat ta’tili hisobini yuritish avtomatlashtirildi.
Shuningdek, kadrlar faoliyatiga oid buyruq va farmoyishlarni onlayn yaratish va zaruriyatga ko‘ra o‘zgartirish funksiyasi ishlab chiqildi va xodimlarga qulaylik yaratish maqsadida tizimni 3 ta tilda (o‘zbek tili, rus va ingliz tillarda) boshqarish sozlamalari joriy etildi.
6. Bankning tarkibiy bo‘linmalarida mavjud axborotlarning yagona omborini yaratish uchun “Operatsion hodisalar ma’lumotlar bazasi” yaratildi.
7. Kredit portfeli tarkibidagi muddati o‘tgan qarzdorliklarni yuzaga kelishini oldini olish va undirishni samarali tashkil etish, kreditlarni qaytarish bilan bog‘liq salbiy oqibatlarni kamaytirish va qarz yukini ortib ketishiga barham berish hamda muddati o‘tgan kredit qarzdorliklarni undirish maqsadida “Call- Center” aloqa markazi xodimlari uchun joriy yilning avgust oyida “Soft Collection” tizimi ishga tushirildi.
Ma’lumot uchun: Qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish uchun “IP-telefoniya” tizimi “PhonerLite” dasturiga integratsiya amalga oshirildi.
8. “Paynet” to‘lov tashkiloti hamkorligida “Paynet” shoxobchalari, infokioska va mobil ilova orqali istalgan bank kartasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri pul o‘tkazmalarni amalga oshirish tizimi ishga tushirildi hamda
“Cash to card” xizmati amaliyotga tadbiq etildi.
9. Mijozlarga qulayliklar yaratish maqsadida “Call-Center” aloqa markazi texnik imkoniyatlari takomillashtirilib, murojaatlarni tezkor ko‘rib chiqish uchun “XB HelpDesk” ichki elektron murojaatlar tizimi joriy etildi va “XB chat” axborot almashish tizimi (messendjer) yo‘lga qo‘yildi.
II. Davlat dasturlari doirasida berilgan topshiriqlar ijrosi hamda chorvachilikni rivojlantirish bo‘yicha.
Xalq banki tomonidan joriy yilda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, davlat dasturi va hududlarni ijtimoyi-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari doirasida 295 388 ta loyihaga 9,1 trln so‘mlik kredit mablag‘lari ajratildi.
Shu bilan birga, chorvachilikni rivojlantirish maqsadida bank tomonidan 31 776 ta loyihaga 1 trln so‘mlik kredit ajratildi.
III. Xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha.
“Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini hal etish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha respublika komissiyasi, Ishchi guruhi va Xalq banki birgalikda hududlardagi ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar to‘liq xatlovdan o‘tkazildi.
Xatlov natijalariga ko‘ra, jami 65 mingdan ortiq tadbirkorlik qilish istagi mavjud ayollar aniqlandi hamda “Ayollar daftari”ga kiritilgan va tadbirkorlik qilish istagini bildirgan xotin-qizlarga kredit ajratish bo‘yicha tijorat banklari bilan birgalikda reja-taqsimot ishlab chiqildi.
2022-yilda bank tomonidan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturi 95 494 nafar tadbirkorlik qilish istagini bildirgan xotin-qizlarga 1,8 trln so‘mlik imtiyozli kredit ajratildi.
IV. Hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi “Hunarmandchilik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-77-sonli Qarorida “Hunarmand” uyushmasi a’zolariga ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun asbob-uskuna, ehtiyot qismlar va xom ashyo materiallarini xarid qilish, hunarmandchilikni rivojlantirish markazlari, “usta-shogird” maktablarini tashkil etish, uy-muzeylar va ustaxonalar qurish yoki shu maqsadlarda bino va inshootlar sotib olish uchun, bank tomonidan 985 nafar hunarmandlarga 46 mlrd so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘lari ajratildi.