Топ рейтинг www.uz
Test rejim
logo

Korporativ etika kodeksi

 

    Mazkur Korporativ etika kodeksining maqsadi bank, uning mintaqaviy bo'linmalari va muassasalarining foyda ko’rish darajasini, moliyaviy barqarorligi va unumdorligini oshirishga qaratilgan Xalq bankining faoliyat standartlarini belgilash hisoblanadi.

 

    Kodeks xalqaro huquqning umume’tirof etilgan tamoyillari va me’yorlari, O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi, ish muomalasi odatlari asosida ishlab chiqilgan. Kodeks rahbarlar va xodimlar o'zaro muomalasining asosiy qoidalari, Bank xodimlarining o'zini tutishi, ularga qo'yiladigan talablarni o'z ichiga oladi.

 

Mazkur Qoidalar bankning muvaffaqiyatli biznes yuritishga imkon beruvchi etika, qonuniylik tamoyillariga sodiqligini tasdiqlovchi Korporativ standartlarning majmuidir.

 

Kasbiy mahorat

 

    Bank mijozlarga va hamkorlarga xodimlarning malakali bo'lishini kafolatlaydi. Bank xodimlar kasbiy mahoratning eng yuqori bosqichiga intilishini qo'llab-quvvatlaydi va rivojlantiradi.

 

Innovatsion yondashuv

 

        Bank yangi mahsulotlar va xizmatlarni yaratadi, ishida ijodiy yondashuvlarga amal qiladi, ijobiy o'zgarishlarga xayrixoh va doimo ular uchun ochiq bo'ladi.

 

Guruh ruhi

 

    Guruh – bu umumiy maqsad bo'lib, har bir xodimning ushbu maqsadga erishishga qo'shgan betakror hissasi va kasbiy mahoratidir. Bank xodimni umumiy maqsadga erishishga qo'shgan hissasi uchun qadrlaydi.

 

Ishonchlilik

 

         Bank faoliyatining zamirida vijdoniylik, halollik, mas’uliyat yotadi.

 

Xodimlarni rivojlantirish

 

      Xodimlar – Bankning boyligi, uning bozor aktividir. Bank xodimlarning o'z salohiyatini ro'yobga chiqarishi va rivojlanishi uchun sharoit yaratadi.

 

Sifat

 

       Taqdim etiladigan xizmatlar sifatining kafolati – Bank ishining uslubidir.

 

Mijozlar bilan o’zaro munosabatlar: Bank Mijozlarga xizmat ko’rsatishning yuksak standartlariga intiladi, har bir Mijozning manfaatlarini himoya qiladi. Bank Mijozlar bilan uzoq muddatli va o'zaro foydali hamkorlikka intiladi. Bank doimo o'z xizmatlarini yangilab boradi, shuningdek, yangi bank mahsulotlarini ishlab chiqadi va taklif etadi. Mijozlar bilan o'z munosabatlarida Bank ochiqlik va o'zaro ishonch tamoyillariga tayanadi.

 

Bank xodimlari Mijozlar va ish hamkorlarining operatsiyalari, hisobraqamlari va omonatlari to'g'risidagi axborotlarni, shuningdek, Mijozning, ish hamkorining ish obro'siga, boshqa moddiy yoki nomoddiy manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin bo’lgan boshqa axborotlarni, agar O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida boshqacha ko'zda tutilmagan bo'lsa, sir saqlaydi.

 

Bank xodimlari Mijozlarga, ish hamkorlariga yashirin imtiyozlar va afzalliklarni yaratib bermaydi.

 

Ta'sischilar bilan o'zaro munosabatlar: Bank ochiq-oshkor siyosatni amalga oshiradi va korporativ boshqaruv tamoyillariga qat’iy amal qiladi. Chunonchi, Ta’sischilarning manfaatlariga so’zsiz rioya qiladi, o'z vaqtida axborotni oshkor etadi, hisob va hisobot sifatini yaxshilash asosida axborotning ko'rgazmaliligi va foydalanish osonligini yanada yengillashtiradi.

 

Xodimlar bilan o'zaro munosabatlar: Bank xodimlari Bankning muvaffaqiyatli faoliyatining asosidir. Bank o'z xodimlarini qadrlaydi, har bir xodimga o’z salohiyatini to'liq ro’yobga chiqarishga imkon beradi. Bank yoshi, irqi, jinsi, e’tiqodi yoki millatidan qat’iy nazar, xodimlarni jalb qiladi va eng yaxshi xodimlarni olg'a surib, ularni erishgan yutuqlari uchun taqdirlaydi. Bank shaxsni va inson qadr-qimmatini hurmat qiladi. Bank xodimlari Bankning ish obro'siga, boshqa nomoddiy yoki moddiy manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin bo'lgan vaziyatlarning yuzaga kelishga yo’l qoymaydi.

 

Raqobatchilar bilan o'zaro munosabatlar: Raqobatchilar bilan o'zaro munosabatlar odob doirasida olib boradi. Bank uchun yagona maqbul raqobat shakli taqdim etiladigan xizmatlarning sifati, ishonchliligi va servis darajasi borasida xolisona bozor afzalliklarini yaratish hisoblanadi.

 

Davlat organlari bilan o'zaro munosabatlar: Bank moliyaviy-sanoat guruhlari, siyosiy partiyalar va birlashmalarga nisbatan neytralitet tamoyillariga amal qiladi hamda o'z faoliyatini Mijozlar va ta’sischilar manfaatlari bo'yicha amalga oshiradi. Bank xodimlari davlat organlari bilan ishlarini shaxsiy manfaatdorliksiz, ma’muriy qarorlarni qabul qilishga ta’sir o'tkazishning noqonuniy usullaridan foydalanmay yuritishi lozim.