
Aloqa markazi
- Kuzatuv kengashi
- Normativ-huquqiy hujjatlar
Aloqa markazining asosiy vazifalari
Aloqa markazining asosiy vazifasi — mijozlarning qo‘ng‘iroqlarini va ijtimoiy tarmoqlar orqali qilgan murojaatlarini qabul qilish, bank xizmatlarini ko‘rsatish, fuqarolarning murojaatlari va takliflarini o‘rganishdan iborat.
Aloqa markazi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga quyidagi bank xizmatlari ko‘rsatiladi:
a) Ma’lumot berish va konsalting xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha:
• Bank xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha Tariflar va bankning so‘nggi yangiliklari bo‘yicha malumotlar berish;
• Mijozlar tomonidan ijtimoiy tarmoqlar orqali keladigan murojaatlarni qabul kilish va o‘z vaqtida ”on-layn” javob berish;
• Mijozlarda uchraydigan texnik xatoliklarni bartaraf etish bo‘yicha ma’lumot berish;
• Mijozlarga omonatlar qoldiqlari va omonat turlari bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etish;
• Mijozlarning fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti tizimi (keyingi o‘rinlarda — FJBPTT) hisobraqamidagi qoldiq mablag‘lari to‘g‘risida ma’lumotlar berish;
• Mijozlarning hisobraqamlari harakati va qoldig‘i to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish;
• yuridik shaxslarga korporativ plastik kartasi harakati va qoldig‘i to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish;
• Mijozlarga halqaro pul o‘tkazmalari to‘g‘risida ma’lumot berish;
• Bank dasturining “Единый реестр пособий” moduli orqali fuqarolarga nafaqa mablag‘i tayinlangan yoki tayinlanmaganligi haqida ma’lumot berish;
• Yuridik mijozlarga “Картотека 2” qarzdorligi haqida ma’lumot berish;
• Bank mahsulotlari va xizmatlari bo‘yicha konsalting xizmatlarini ko‘rsatish va amaliy yordam berish.
b) Mijozlarga masofaviy bank xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha:
• Bank plastik kartasi faoliyatini to‘xtatish (kartani blokka qo‘yish) va tiklash uchun (pin kod 3 marotaba noto‘g‘ri terilganda) imkoniyat yaratib berish;
• Mobil va internet banking bo‘yicha texnik xatoliklarni bartaraf qilish;
• Mijozning talabiga asosan uning hisob raqamidagi mablag‘ni bankdan olgan kreditini so‘ndirish uchun yo‘naltirib berish;
• Mijozning bank kartasiga texnik xatolik sabab tushmay qolgan mablag‘ni uning talabiga asosan o‘tkazib berish;
• Uzkard va Humo terminali orqali yechilgan ammo asosiy hisobraqamga o‘tmay qolgan mablag‘larni o‘tkazib berish;
• Bank dasturining “Клиенты и счета” modulida mijozning ma’lumotlari yangilanganda identifikatsiyadan o‘tkazib berish;
• Bank dasturining “АСОКИ” modulida 15 so‘rovni jo‘natib berish;
• Bankning yuridik mijozlariga xazna Business ilovasi bo‘yicha texnik xatoliklarni bartaraf qilish;
• Bankning jismoniy shaxslariga xazna ilovasi bo‘yicha texnik xatoliklarni bartaraf qilish;
• Talabalarga ta’lim kredit rasmiylashtirish jarayonida amaliy yordam ko‘satish;
• Onlayn kredit rasmilashtirish jarayonida firibgarlikni oldini olish maqsadida 48 soat davomida mijoz bilan bo‘glanib tegishli tartibda identifikatsiyadan o‘tkazib kredit rasmiylashtirishda amaliy yordam ko‘satish.
Shuningdek, mijozlarning murojaatlari yuzasidan natijasi haqida markaz operatorlari tomonidan qayta aloqaga chiqilib xabardor qilinadi hamda qo‘ng‘iroq qilib bog‘lana olmagan mijozlarga qayta aloqaga chiqilib murojaati o‘rganiladi.
Ish vaqti: 24 soat, haftaning 7 kuni (24/7)
Telegram kanali: https://t.me/xbcallsupport
Telefon raqami: +998 71 210-20-02 (qisqa raqam: 1106)