Bolalar kulgusi — eng katta baxt!
"1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" munosabati bilan Xalq banki xodimlarining farzandlari uchun quvonch va taassurotlarga boy bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida bolajonlar o‘z bilim va qobiliyatlarini namoyon etish imkoniyatiga ega bo‘lib, shaxmat, Rubik kubigi va rasm chizish yo‘nalishlari bo‘yicha qiziqarli musobaqalarda ishtirok etdilar.
Musobaqalar bolalarning mantiqiy fikrlashi, ijodkorligi hamda intiluvchanligini namoyon etuvchi yorqin lahzalarga boy bo‘ldi.
Musobaqalar yakuniga ko'ra yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanib, barcha bolajonlarga bayramona kayfiyat ulashildi.





