Test rejim
logo

31-dekabriga qadar jismoniy shaxslarga “Humo” va "Uzcard" bank kartalarini bepul ochib beriladi!

calendar 07.11.2022eye4 349

Xalq banki joriy yilning 31-dekabriga qadar jismoniy shaxslarga “Humo” va "Uzcard" bank kartalarini bepul ochib berish aksiyasini e'lon qiladi.

"Humo" va "Uzcard" bank kartalari orqali, Siz kommunal to'lovlar, kartadan-kartaga pul o'tkazish va boshqa to'lovlarni bir zumda amalga oshirishingiz mumkin.

Shuningdek, Rossiyadan yuboriladigan pul o'tkazmalarini onlayn tarzda to'g'ridan-to'g'ri Xalq bankining kartalariga qabul qilishingiz mumkin.

Buning uchun pul yuboruvchining smartfonida "SberBank Onlayn" mobil ilovasi o‘rnatilgan, pul qabul qiluvchining bank kartasi esa "SMS-xabarnoma" xizmatiga ulangan bo‘lishi lozim.

 

Ushbu xizmat yordamida:

▪️ bankka borishingizga hojat yo‘q - transport xarajatlari va vaqtingizni tejaysiz;

▪️ pul olish uchun navbat kutib vaqt yo‘qotmaysiz;

▪️ pullarni faqat bank ish vaqtida emas, balki kunning istalgan vaqtida (24/7) qabul qila olasiz;

▪️ pul mablag‘lari qabul qiluvchining telefon raqamiga biriktirilgan Xalq bankining “Humo” yoki “Uzcard” bank kartasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

 

Bank kartalarini Xalq bankining istalgan filialida rasmiylashtirishingiz mumkin.

Boshqa yangiliklar

img

Xalq banki ishtirokida kiberxavfsizlik bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi

img29
19 Nov
img

Texnik tanaffus

img38
18 Nov
img

Yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchilar ishtirokida muloqot

img81
14 Nov
img

Mijozlar diqqatiga!

img11
01 Aug
img

Bir jamoa – bir maqsad sari

img102
10 Nov
img

G'oyadan amaliyotgacha: ayollar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlovchi keng qamrovli platforma ishga tushdi

img100
07 Nov
Barcha yangiliklar