Test rejim
logo

"Umumjahon pul haftaligi": kelajak moliyasiga bugundan tayyorgarlik

calendar 16.04.2025eye147

Bugungi kunda ta’lim tizimida an’anaviy fanlar bilan birga yoshlarning iqtisodiy va moliyaviy savodxonligini oshirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, bu boradagi global tashabbus — “Umumjahon pul haftaligi” (“Global money week”) doirasida o‘tkazilayotgan tadbirlar yoshlar orasida zarur ko‘nikmalarni shakllantirishda muhim rol o‘ynamoqda.

 

 

 

“Global money week” — har yili o‘tkaziladigan global ta’lim kampaniyasi. U bolalar va yoshlarning moliyaviy bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan. Ushbu tashabbus orqali dunyo bo‘ylab moliyaviy ta’limning ahamiyati va yoshlarga moliya sohasini erta tanitish zarurligi haqida xabardorlikni oshirish maqsad qilinadi. Shu bois, ushbu haftalikda dunyoning ko‘plab mamlakatlari faol ishtirok etadi.

Joriy yilning 14–15-aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Xalq banki markaziy apparati hamda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari hamkorligida Navoiy va Samarqand viloyatlaridagi umumta’lim maktablarida moliyaviy savodxonlikka bag‘ishlangan treninglar o‘tkazildi.

Treninglar davomida mutaxassislar o‘quvchilarga:
✅ bank-moliya tizimi
✅ bank xizmatlaridan foydalanish tartibi
✅ jamg‘arma madaniyatining ahamiyati
✅ budjet tuzish va moliyaviy huquqlar

kabi mavzularda keng qamrovli ma’lumotlar berildi. Har bir mavzu bo'yicha interaktiv savol-javoblar tashkil etilib, bolalarning qiziqishlari yuqori bo'lgan yo'nalishlarga alohida e'tibor qaratildi. Tadbir yakunida faol qatnashgan o‘quvchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Moliyaviy savodxonlikni oshirishga qaratilgan bunday  tashabbuslar yoshlarning kelgusida mustaqil va mas’uliyatli qarorlar qabul qila oladigan shaxs sifatida shakllanishiga xizmat qiladi.

Boshqa yangiliklar

img

Xalq banki ishtirokida kiberxavfsizlik bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi

img29
19 Nov
img

Texnik tanaffus

img38
18 Nov
img

Yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchilar ishtirokida muloqot

img81
14 Nov
img

Mijozlar diqqatiga!

img11
01 Aug
img

Bir jamoa – bir maqsad sari

img101
10 Nov
img

G'oyadan amaliyotgacha: ayollar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlovchi keng qamrovli platforma ishga tushdi

img100
07 Nov
Barcha yangiliklar