Xalq banki Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasida
15-19-dekabr kunlari poytaxtimizdagi O‘zexpomarkazida bo‘lib o‘tayotgan Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi doirasida Xalq banki faol ishtirok etib, tadbirkorlar va ishlab chiqaruvchilar uchun keng ko‘lamli moliyaviy imkoniyatlarni namoyish etmoqda.
Tadbirkorlar Xalq banki mutaxassislari bilan bevosita muloqot qilib, o‘z loyihalarini moliyalashtirish, ishlab chiqarishni kengaytirish va barqaror rivojlanish masalalari bo‘yicha batafsil va amaliy maslahatlar olishmoqda.





