Xalq banki va O‘zbekiston polo federatsiyasi ikki tomonlama hamkorlik memorandumini imzoladi
Ushbu memorandum Prezidentimizning 2021-yil 5-avgustdagi PQ–5211-son Qaroriga muvofiq, mamlakatimizda polo ot sportini rivojlantirish va ommalashtirishga qaratilgan.
Ikki tomonlama hamkorlik memorandumini imzolashda Xalq banki boshqaruvi raisi o'rinbosari Dilshod Kutliyev, Polo federatsiyasi raisi Aziz Rustambayev, federatsiya raisining birinchi o‘rinbosari Saidqahhor Xolxo'jayev, federatsiya raisi o'rinbosari Sevara Fayziyeva, Polo federatsiyasi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi raisi Alisher Xotamov, O'zbekiston ekologik harakati raisi o'rinbosari Saidrasul Sanginov, Filiologiya fanlari doktori (professor), Alisher Navoiy nomidagi til va adabiyot universiteti dotsenti Zulhumor Xolmonova ishtirok etdi.
Memorandum doirasida Xalq banki xodimlari va mijozlari o'rtasida polo sportini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud imkoniyatlardan foydalanib, musobaqalarni tashkillashtirish, iqtidorli sportchilarni saralash va professional darajada tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, an’anaviy tarzda aholi o‘rtasida xalqaro musobaqalarni tashkil qilish kabi muhim vazifalar belgilab olindi.
Ushbu hamkorlik mamlakatimizda polo sportining ommalashuviga, yosh sportchilarni qo‘llab-quvvatlashga hamda professional sportchilarni tayyorlash mexanizmini rivojlantirishga xizmat qiladi.





