Топ рейтинг www.uz
Test rejim
logo
img
img

Xalq banki bugun

Xalq bankining missiyasi – taqdim etiladigan, eng zamonaviy xalqaro standartlarga javob beradigan bank mahsulotlari va xizmatlarining ko’lami hamda hajmlarini kengaytirish va ulardan butun yurtimiz bo’ylab foydalanish imkoniyatini ta’minlash orqali O`zbekistondagi yetakchi universal bank bo’lish

Xalq bankining “Call center”i mijozlarga tezkor xizmat ko‘rsatadi!

 

       

      2020-yilning 1-may sanasidan boshlab Jizzax shahrida AT Xalq bankining yangi formatdagi "Call markaz”i  ish boshladi. Bu yerda bank xodimlari tomonidan telefon orqali mijozlarning murojaatlari qabul qilinib, sifatli va tezkor xizmat ko‘rsatish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

      “Call markaz”i 24/7 kunu-tun rejimida faoliyat ko‘rsatadi. Ushbu tizim orqali mijoz to‘g‘risidagi ma’lumotlar yig‘ilib, ehtiyojlarni oldindan aniqlash, shuningdek, avtomatlashtirilgan marketing va prognozlashtirilgan sotuvlar amalga oshiriladi hamda mijozlarga yangi xizmat turlari taklif etib boriladi.

      "Call markaz" orqali Xalq banki tizimiga oid muammolaringizni hal qilish hamda bank xizmatlari to‘g‘risida kerakli maslahat va tavsiyalarni olish ham mumkin. Operatorlar barcha turdagi xizmatlarni masofaviy shaklda olib bormoqda.

 

Masalan:

 

  • humo, uzkard, korporativ kartalarini kirim chiqimini ko‘rib berish

    •   humo, uzkard, korporativ kartalarini blok va aktiv holatiga keltirib berish

    •   humo va uzkard kartalarining tranzit hisobraqamlarini aniqlab berish

    •   pensiya va  nafaqa pullari to‘g‘risida  ma’lumot berish (mijoz ma’lumotlarini reestrdan ko‘rib berish, pensiya va  nafaqa pullari tarqatilishi grafigini aniqlash)

    •   jismoniy va yuridik shaxlarning kredit tarixi maʼlumotlarini yangilab berish

    •   naqd koʼrinishda olib kelayotgan pensiya mablagʼlarini, bank kartasiga oʼtkazib berish

    •   mijoz ma’lumotlarini yangilab identifikasiya jarayonidan o’tkazish

    •   jismoniy shaxslar kreditlari to‘lovlari va qarzdorligini aniqlab berish

    •   jismoniy shaxslar kreditlari to‘lovi uchun ID raqamlarini bilib berish va mijozning mavjud boʼlgan kreditiga ID raqam biriktirib berish

    •   jismoniy shaxslar kreditlari to‘lovlari va qarzdorligini aniqlab berish

    •   jismoniy shaxslar kreditga to‘lagan to‘lovlarini so‘ndirib berishda yordam berish,

    •   mijozlar omonatlari bo‘yicha maʼlumot berish

    •   mijoz to‘lovlari o‘tgan yoki o‘tmaganligini aniqlashtirish

    •   yuridik shaxslarning kartoteka qarzdorliklari haqida maʼlumot berish

    •   Mobile banking va Internet banking dasturiy tizimini masofadan o‘rnatib berish

    •   JBPT (ИНПС) tizimida, jismoniy shaxs bo‘lgan mijozning hisobraqami holati bo‘yicha ma’lumot berish, jismoniy shaxs ma’lumorlarini yangilab berish, yuridik shaxslar uchun keng turdagi xizmatlar,  xususan yangi firmani biriktirib berish, xizmat ko‘rsatuvchi filialni o‘zgartirib berish, reestr yuborishdagi muammolarni bartaraf etish hamda masofaviy “Any Desk” yordamida xizmat ko‘rsatish

    •   "Сбербанк Онлайн" orqali kelgan o‘tkazmalarni aniqlash berish

    •   bankning “xazna” mobil ilovasi bo‘yicha konsalting va texnik xizmatlarni ko‘rsatish.

 

       Markazda ayni vaqtda 96 nafar xodim faoliyat yuritmoqda. Shulardan 1 nafar xodim Kontakt center bo’lim boshlig‘i, 4 nafar xodim bosh mutaxassis va 4 nafar xodim yetakchi mutaxassis,  1 nafar xodim tug‘ruq ta'tilida,  86 nafar xodim operator sifatida ish olib borayapti.

Bankning “Call markaz”i bilan telegram orqali onlayn bog‘lanish ham mumkin!

2023-yil davomida bank xizmat va mahsulotlariga doir 40 mingga yaqin savollar aynan

mazkur telegram akkauntimizga yuborilgan va xodimlarimiz tomonidan barchasiga batafsil

javob berildi.

@xbcallsupport-ning qulayligi:

•   navbatingiz kelishini kutib qolmaysiz,

•   savol va murojaatlar 24/7 kunu-tun rejimida qabul qilinadi va javob beriladi

•   imkoniyati cheklanganlar ham savollarini yozib qoldira oladi

•   biror masala yuzasidan mutaxassisdan olingan javob yozishmalari tarixini saqlash mumkin

•   savol yoki murojaatga doir rasm, video, audio va boshqa fayllarni almashish imkoni mavjud.

 

“Call markaz” 71-210-20-02 va 1106 qisqa yagona ishonch raqamlari orqali respublika bo‘ylab aholidan murojaatlarni qabul qilmoqda. Murojaatlar kuniga o‘rtacha 2200 ta qo‘ng‘iroqni tashkil etmoqda.

Bu ko‘rsatkich markaz ish boshlagandan shu vaqtgacha 1.3 mln.dan ziyodni tashkil etdi. Fuqarolarning asosiy ko‘p beradigan savollari bu: kredit yo‘nalishlari (jismoniy shaxs va imtiyozli kreditlar), pensiya va nafaqa pullarini tarqatilishi, bank kartalari, JBPT xizmatlari to‘g‘risida, xazna ilovasi va boshqalar.

 

 

 

 

       Markazda ayni vaqtda 81 nafar xodim faoliyat yuritmoqda. Shulardan 1 nafar xodim Kontakt center bo’lim boshlig’i, 4 nafar xodim bosh mutaxahassis va 4 nafar xodim yetakchi mutaxassis  2 nafari – xizmat xonalar farroshi, 70  nafar xodim operator sifatida ish olib borayapti

 

Fotolavhalar