logo

Kredit tarixi nima?

calendar 18.07.2022eye1 661

Kredit tarixi fuqaroning banklar, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar, lizing kompaniyalari va maishiy texnika, mebel va shu kabi do‘konlarning kredit xizmatlaridan foydalanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlardir.

Kredit tarixida fuqaroning qaysi kredit tashkilotidan, qancha miqdorda qarz olgani, keyinchalik uni qanday to‘lagani to‘g‘risida batafsil ma’lumot aks etadi.

 

O‘zbekiston Respublikasining “Kredit ma’lumotlari almashinuvi to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan kredit tarixi qarzdorning so‘nggi besh yil ichidagi majburiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olib, quyidagi ma’lumotlarni aks ettiradi:

qarzdor to‘g‘risida;

joriy va yopilgan kreditlar, tovar kreditlari qiymati, rasmiylashtirilgan sanasi, muddati va qoldig‘i to‘g‘risida;

muddati o‘tgan qarzdorliklar to‘g‘risida;

joriy va yopilgan kreditga qo‘yilgan garov mulki va mulk egasi to‘g‘risida;

sud jarayonidagi kreditlar to‘g‘risida;

kredit tarixi shakllangan sana va uni tayyorlagan tashkilot to‘g‘risida.

 

Shu bilan birga, kredit tarixi qarzdor to‘g‘risidagi ma’lumotlardan tashqari lizing oluvchi, kafil, kafolatchi, garovga qo‘yuvchi hamda kredit bitimi bo‘yicha sug‘urtalovchi sifatida qatnashuvchi jismoniy va yuridik shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ham o‘z ichiga oladi.

Boshqa yangiliklar

img

Omonat nima?

img1 084
19 Aug
img

Kredit tarixi nima?

img1 661
18 Jul
img

BANK KARTASINING NAQDGA NISBATAN AFZALLIGI!

img540
09 Jun
img

Valyuta ayirboshlash

img1 038
07 Apr
img

Pul haqiqiyligini tekshirish

img737
02 Mar
img

Shikastlangan banknotlarning to‘lov qobiliyati

img294
26 Nov
Barcha yangiliklar