Топ рейтинг www.uz
Test rejim
logo

Omonat nima?

calendar 19.08.2022eye699share Поделиться

Omonat – bu pul mablag‘larini bankka ma’lum bir muddatga yoki muddatsiz, foizlar evaziga yoki foizsiz joylashtirish.

 

O‘zbekistonda keng tarqalgan omonati turlari:

Muddatli omonat - omonat summasi bank va mijoz o‘rtasida tuzilgan shartnomada ko‘rsatilgan muddat tugagandan so‘ng qaytariladi. Hisoblangan foizlar omonat muddati davrida yoki muddat tugagandan so‘ng ham to‘lanishi mumkin;

 

Jamg‘arma omonatlar – ushbu omonat turining o‘ziga xos tomoni pul mablag‘larini ma’lum maqsad uchun to‘plash va sarflashdir. Omonat ma’lum bir muddatga qo‘yiladi va uni to‘ldirish imkoniyati mavjud bo‘ladi, bu hamma omonat turlarida ham mavjud emas.

 

Talab qilib olinguncha omonatlar - pul mablag‘lari uchun qat’iy bir cheklangan muddat mavjud emas va omonatchi istalgan vaqtda o‘z mablag‘larini olishi mumkin. Odatda, bu tur omonatlarning foiz stavkalari boshqa omonat turlarining foiz stavkalariga qaraganda pastroq yoki bo‘lmasa foizsiz bo‘ladi.

 

Omonatlar muddati nimani anglatadi?

 

Omonat muddati – bu omonatchi va bank o‘rtasida tuzilgan shartnomada mijozning pul mablag‘larini bankda saqlashning belgilangan muddati. Omonat muddati tugagach, bank pul mablag‘larni omonatchiga qaytarishi shart.

Omonatni muddatidan oldin olganda to‘langan foizlar qaytariladi. Har bir bankda omonatlarni muddatidan oldin olish bo‘yicha o‘z shartlari mavjud va ular bank va mijoz o‘rtasida tuzilgan shartnomada belgilab qo‘yiladi.

 

Muhim eslatma! Bankning litsenziyasi chaqirib olingan taqdirda, davlat tomonidan fuqarolarning bankka qo'ygan omonatlari ularning hajmi va valyutasidan qat’iy nazar to'liq hajmda qaytarib berilishi kafolatlanadi.