Топ рейтинг www.uz
Test rejim
logo

Valyuta ayirboshlash

calendar 07.04.2022eye581share Поделиться

Valyuta bu nima va undan qanday foydalaniladi?

Valyuta — bu davlatning milliy pul birligi bo‘lib, u davlat hududida mahsulotlar va xizmatlar uchun to‘lovning qonuniy vositasi hisoblanadi.

 Valyutani qanday va qayerda almashtirish mumkin?

  • Bankda

Ishonchli va xavfsiz usul. Har qanday bankka borishdan oldin, banklardagi valyuta kurslarini tekshirishni va eng foydali variantni oldindan aniqlashni tavsiya qilamiz.

  • Valyuta ayirboshlash shoxobchalarida

Ushbu usulning afzalliklaridan biri — turar-joy majmualariga yaqinligidir, to‘g‘ridan-to‘g‘ri bank filiallariga borishning hojati yo‘q.

  • Bankomatlardan

Navbatsiz, qimmatli vaqtingizni behuda sarflamasdan, tez va muammosiz pul almashtirish uchun ajoyib imkoniyat. Ammo valyuta ayirboshlashning ushbu usulining o‘ziga xos tomonlari mavjud. Hamma bankomatlar ham bir valyutani boshqasiga almashtirish uchun mo‘ljallanmagan. Shuningdek, kerakli qiymatdagi pul bankomatda bo‘lmasligi mumkin.

  • Ilovalar orqali

Qulay, tez va oson. Ko‘p ishlaydigan va bankka borishga vaqt topa olmaydigan fuqarolar uchun ajoyib usul. Bir necha soniya ichida siz konvertatsiya qilishingiz va kartadagi summalarni dollarga o‘zgartirishingiz mumkin.

 

 Foydali maslahatlar

  • Doimo yodda tuting, barcha bank filiallarining ish tartibi: haftada 5 kun, soat 9:00 dan 18:00 gacha. Aholiga qulaylik yaratish maqsadida maxsus ish rejimiga ega bo‘lgan Bank xizmatlari markazlari bundan mustasno bo‘lishi mumkin. Masalan, Xalq bankining “Aviasozlar”, “Yuksalish”, “Bobur”, “Mustaqillik”, “Navro‘z” kabi bank xizmatlari markazlari haftada 7 kun,  bankomatlar esa 24/7 rejimida uzluksiz ishlaydi.
  • Ish haqining 10-20 foizini dollar yoki yevroga ayirboshlab, jamg‘arma sifatida saqlash tavsiya etiladi. Bankda so‘mda ham, chet el valyutasida ham omonat ochishingiz va foizlardan daromad olishingiz mumkin.
  • Ko‘pgina banklar katta miqdorni almashtirishda yaxshiroq kursni taklif qilishadi.
  • Kursdagi keskin o‘zgarishlardan vahimaga tushmang, shov-shuvga berilmang. Kurs barqarorlashishi bilan siz valyutani foyda bilan almashtirishingiz mumkin.
  • Norasmiy manbalar orqali valyutani o‘zgartirmang. Bu usul ishonchli va qonuniy emas. O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘RQ-573-sonli Qonunining 19-moddasida mamlakatimizda chet el valyutasini sotib olish va sotish faqat O‘zbekiston Respublikasi banklari orqali amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan.
  • Agar siz chet elga sayohat qilishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, dunyoning 180 dan ortiq mamlakatlarida faoliyat yurituvchi Unionpay Kobeydjing kartasini rasmiylashtirishingiz mumkin. Uning yordamida siz valyuta ayirboshlash operatsiyalari bilan o‘zingizni urintirmasdan, o‘sha mamlakatning valyutasida osongina mahsulot va xizmatlar uchun to‘lov qilishingiz mumkin.