logo

Pul haqiqiyligini tekshirish

calendar 02.03.2022eye699

So‘nggi paytlarda ommaviy axborot vositalarida qalbaki pullar haqida yangiliklar ko‘payib, aholini bezovta qila boshladi. Siz haqiqiy banknotlarni olmoqdamisiz yoki firibgarlar sizni aldamoqchimi, buni tushunish qiyin.

Banknotlarning haqiqiyligini aniqlashning eng oson va ishonchli usullaridan biri — pulni tekshirish uchun bankka berishdir. Har qanday bank ushbu xizmatni iste’molchilarga bepul taqdim etadi. Ammo siz banknotlarning qalbakiligini mustaqil ravishda bilmoqchi bo‘lsangiz, quyida batafsil ko‘rib chiqamiz.

Himoya elementlarining mavjudligi o‘ziga xos xususiyatlardir. Banknotning haqiqiyligi aynan ular yordamida aniqlanadi.

Himoya qilishning asosiy elementlari:

  • suvli belgilar – yorug‘likda suvli belgilar/tasvirlar yoriq bo‘lib ko‘rinsa;
  • tolalar – qog‘oz matoga kiritilgan rang-barang iplar;
  • relyefli bosma – teginish orqali idrok etiladigan tasvir va yozuvlar;
  • gologramma – burilganda uch o‘lchamli gologramma tasvirini beruvchi element;
  • qog‘ozning ichki tuzilmasida portret tasvirning orqa tomonidan mavjudligi. Ushbu tasvir yorig‘likka qarshi qaratilib tekshiriladi.

Agar qalbaki banknota olgan bo‘lsangiz, qanday choralar ko‘rish kerak?

  • Birovning qo‘lidan pul qabul qilishdan oldin, albatta, haqiqiyligini tekshirish lozim. Agar oz bo‘lsa-da shubha qilsangiz, hech qanday holatda ham pullarni qabul qilmang.
  • Agar sizda qalbaki banknote qo‘lingizga tushib qolgan bo‘lsa, toʻlov vaqtida undan foydalanmang.
  • Istalgan bankka murojaat qiling. Ular banknotingizning holatini aniq belgilaydilar.

Banklar banknotlarning haqiqiyligini tekshirishni bepul amalga oshiradilar. Bu ko‘p vaqtni talab qilmaydi, xodimlar barcha jarayonlarni sizning oldingizda bajarishi zarur. Agar pul shikastlangan bo‘lsa, bank uni yangisiga almashtirib berishi mumkin. Ammo qalbaki pul bo‘lsa, uning qiymati qoplanmaydi.

Boshqa yangiliklar

img

Omonat nima?

img1 033
19 Aug
img

Kredit tarixi nima?

img1 558
18 Jul
img

BANK KARTASINING NAQDGA NISBATAN AFZALLIGI!

img482
09 Jun
img

Valyuta ayirboshlash

img974
07 Apr
img

Pul haqiqiyligini tekshirish

img699
02 Mar
img

Shikastlangan banknotlarning to‘lov qobiliyati

img278
26 Nov
Barcha yangiliklar