logo

Pul haqidagi eski masal

calendar 10.09.2021eye525

Onaning o‘g‘liga raxmi keldi va unga dedi:

 

-Men senga biroz ovqat va tanga beraman, sen bor, kuni bo‘yi qaerlardadir aylanib yur, kechga yaqin uyga kel. Otanga tangani ko‘rsatasan va qo‘y boqib pul ishlaganingni aytasan.

Ular shunay ham qilishdi, yigit juda kech uyga kelib, otasining oldiga bordi va unga tangani uzatdi. Ota tangani oldi va olovga tashladi. O‘g‘il hayron bo‘ldi va uxlagani ketdi. Ertasi kuni ham shu voqea takrorlandi, yaʼni, ota tangani yana olovga tashladi.

 

Bir necha kundan keyin ona o‘g‘liga dedi:

 

-Men senga har kuni beradigan pulim tugab qoldi shuning uchun, sen bugun haqiqatda ham o‘zing pul ishlab topishing kerak.

O‘g‘ilning qo‘ylar podasini tog‘ga olib chiqishdan boshqa chorasi yo‘q edi. O‘g‘il kechqurun qattiq charchab va och uyga qaytganidan keyin, u otasiga ishlagan pullarini uzatdi. Ota o‘tgan galgidek tangani olovga tashladi. Keyin birdan o‘g‘il tiz cho‘kkalab qo‘llari bilan gulxan ichidan tangani izlashni boshladi.

 

Shunda otasi dedi:

 

- Endi pulni o‘zing ishlab topganingga ishonaman.

Boshqa yangiliklar

img

Chop eting va bolalar bilan moliyaviy savodxonlikni o‘rganing!

img569
01 Nov
img

Moliyaviy xatarlarni oldini olish uchun biznesingizni sug‘urta qiling

img293
29 Oct
img

Sug‘urtа tushunchаsi

img587
08 Oct
img

Qimmatli qog‘ozlarga investitsiya kiritish bo‘yicha tadbirkorlik subyektlari uchun qo‘llanma

img647
16 Sep
img

Yangi ishchilarni qanday jalb qilishda qiziqarli vakant yarating

img442
10 Sep
img

Pul haqidagi eski masal

img525
10 Sep
Barcha yangiliklar