- Tarkibiy bo'linmalar
- Kuzatuv kengashi
Fuqarolarning davlat ma'lumotlari va axborotlaridan foydalanish yuzasidan huquqlari bo‘yicha ma'lumot
Fuqarolarning ma'lumotlar va axborotlar olish huquqlari belgilangan qonun hujjatlari:
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
2. “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
3. “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
Fuqarolarning axborotga bo‘lgan huquqlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 33-moddasida mustahkamlab qo‘yilgan. Ushbu moddaga muvofiq, har kim o‘zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega.
Axborot olish qachon cheklanishi mumkin?
Axborotni izlash, olish va tarqatishga boʻlgan huquqni cheklashga faqat qonunga muvofiq hamda faqat konstitutsiyaviy tuzumni, aholining sogʻligʻini, ijtimoiy axloqni, boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamoat xavfsizligini hamda jamoat tartibini taʼminlash, shuningdek davlat sirlari yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sir oshkor etilishining oldini olish maqsadida zarur boʻlgan doirada yoʻl qoʻyiladi.
https://lex.uz/docs/-6445145#-6445542
Axborot olish uchun qanday murojaat qilish kerak?
Har kim axborot olish uchun bevosita yoxud o‘z vakillari orqali og‘zaki, yozma shakldagi, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shakldagi so‘rov bilan murojaat etish huquqiga ega https://lex.uz/uz/docs/-52268, 9-modda).