logo

Аktivlar va passivlar (majburiyatlar)

calendar 10.09.2021eye1 228

Biz aktivlarni qaysi mezonlar boʼyicha baholaymiz?

- Joriy qiymati

- Yillik daromad (soʼmda (yoki boshqa valyutada) va joriy qiymatning foizida)

- Yillik xarajatlar (biz aktivga xizmat koʼrsatish uchun qancha pul sarflaymiz-soliq, taʼmirlash, kommunal xizmatlari, sugʼurta va boshqalar).

Shuni aytish kerakki, standart ijara sxemasi boʼyicha ijaraga berilgan turar joy koʼchmas mulkidan (uzoq muddatga sotib olingan) olingan daromadlar bank depozitlaridan olingan daromadlardan kam yoki teng ekanligidan koʼpchilik hayron qoladi.

 

Passivlarni (majburiyatlarni) baholash mezonlari qanday?

Kredit boʼyicha qoldiq

Foiz stavkasi

Oylik toʼlov

Kredit soʼndrilgunga qadar qolgan oylar soni

 

 Nimaga egalik qilishingizni bilishingiz juda zarur:

 

Mulkdan foydalanish samaradorligini baholash uchun

Аktivlar va passivlar imkon qadar sizga koʼproq xizmat qilishlari uchun ularni optimallashtirish maqsadida

 

 

 Аktivlarni va passivlarni (majburiyatlarni) optimallashtirish

Biz aktivlarimiz va passivlarimizning asosiy parametrlarini bilganimizda, nimani oʼzgartirishimiz, bu yoki u mulk qanchalik biz uchun zarurligi haqida oʼylashimiz mumkin.

 

1-misol.

Аgar biz kabob tayyorlash uchun yiliga bir marta dachamizga (shahar tashqarisidagi hovli joy) borsak, biz ushbu mulkdan samarali foydalanyapmizmi? Balki tabiat qoʼynida yiliga bir marta besedka (shiyponcha) ijaraga olganimiz yaxshiroqdir? Dachani sotishdan tushgan pul bilan yuqori foizli iste’mol kreditini yopganimiz yoki investitsiya qilishni boshlaganimiz yaxshiroqdir?

 

2-misol.

Yoki sizda eski-tuskiga toʼla va bobongizdan qolgan, yurmaydigan Moskvich avtomashinasi turgan garaj bordir? Yana bir bor bunday foydalanilmaydigan va foyda keltirmaydigan mulkni sotgan yaxshiroq va puliga misol uchun, anchadan beri orzu qilib yurgan dam olishga borganingiz yaxshiroqdir.

Yodda saqlang, pul siz uchun ishlashi kerak, qachondir garajning narxi oshishi mumkin degan gʼoya boʼlmasligi kerak.

Boshqa yangiliklar

img

Moliyaviy xatarlarni oldini olish uchun biznesingizni sug‘urta qiling

img293
29 Oct
img

Sug‘urtа tushunchаsi

img587
08 Oct
img

Qimmatli qog‘ozlarga investitsiya kiritish bo‘yicha tadbirkorlik subyektlari uchun qo‘llanma

img647
16 Sep
img

Yangi ishchilarni qanday jalb qilishda qiziqarli vakant yarating

img442
10 Sep
img

Pul haqidagi eski masal

img525
10 Sep
img

Boshlang‘ich tadbirkorlar faoliyatida yuzaga keladigan xatolar

img428
10 Sep
Barcha yangiliklar