Jamg‘arish layvxaklari (hayot tajribalar)
Kiyim-kechak:
1. Maqsadsiz savdo markazini aylanib yurishning hojati yo‘q-hech bo‘lmaganda biron narsa sotib olmaslik juda qiyin.
2. Internetda bir xil maxsulot uchun turli xil do‘konlarning takliflarini taqqoslang.
3. Sayyohatni yaxshi ko‘radiganlar-chet elda kiyim sotib oling. Chunki u yerda haqiqiy chegirmalar bo‘ladi. Undan tashqari, safarda sotib olingan kiyimni kiyish safar haqida juda yaxshi eslatma bo‘ladi.
4. Qanday qilib beixtiyoriy xaridlar bilan kurashish mumkin? Ba’zan siz o‘zingiz bilan kelishishingiz yordam beradi: “Xaridni ertaga qoldiramiz”. Ertasi kuni esa siz bu beixtiyoriy istak ekanligini tushunib yetasiz. Lekin siz hali ham xohlayotgan bo‘lsangiz-sotib oling.
Mahsulotlar:
1. Bir hafta ichida oila qancha istemol qilganini yozib chiqing. Keyin ushbu ro‘yxat bo‘yicha sotib oling-“yetishmayotgan” mahsulotlar muammosi xal bo‘ladi. Ortiqcha narsa sotib olmaysiz va hech narsani unutmaysiz.
2. Och qoringa supermarketga bormang.
3. Kun davomida plastik butilkali suv sotib olish o‘rniga, jo‘mrak suvidan idishga solib oling va o‘zingiz bilan olib yuring. Tabiat va hamyon uchun birdek foydali.
4. Puliga arzimaydigan qimmat oziq ovqatlarni kamroq sotib oling yoki umuman sotib olmang. “tabiiy” sharbatlar, gazli suv, tortlar, piroglar, “foydali” tvoroglar. Mahsulotlarning asosiy ro‘yxati go‘sht, baliq, sabzavot, mevalar, yorma, non va sut mahsulotlaridan iborat bo‘lishi kerak.
Sayyohat:
1. Oldindan jamg‘aramiz, sayyohat oldidan kredit olmaymiz. Agar oldindan jamg‘arib borsak, aviakompaniyalarning chegirmali aksiyalarida qantnashishimiz va biletlarni arzonroq sotib olishimiz mumkin.
2. Dam olish uchun valyutani birozdan va avvaldan sotib olishni boshlaymiz.
3. Biz bir kundan ortiq shaharni aylanish imkonini beruvchi tranzit joylardan foydalanamiz. Bu qo‘shimcha chipta uchun ortiqcha pul sarflamasdan qo‘shimcha mamlakatlar va shaharlarni ko‘rish uchun ajoyib imkoniyat.
4. Biz o‘zimiz uchun xarajatlar chegarasini belgilaymiz. Masalan, ovqatlanish uchun kuniga 15 yevrodan ko‘p bo‘lmagan pul sarflash. Aks holda, unitib qo‘yishingiz va rejalashtirilganidanda ko‘ra ko‘proq sarflashingiz mumkin.
5. Eng foydali chiptalar, mehmonxonalar va sayyohlik joylarini qidiramiz. Aslida, bu xam butun bir fan. Ularni qanday topish bo‘yicha ko‘plab maslahatlarni turli blogerlarda bepul topish mumkin.




