logo

Moliyaviy darajalar

calendar 30.12.2020eye526

Moliya nuqtai nazaridan rivojlanishning to‘rt darajasini shartli ravishda ajratish mumkin. Bu darajalar aynan moliyaviy savodxonlik nuqtai nazaridan, daromad darajasidan emas.

 

1. Moliyaviy chuqur        

 

Xarajatlar daromaddan oshib ketadi. Bunday holda siz juda ko‘p kredit olasiz, “kredit ignasi” ustiga o‘tirasiz va muqarrar ravishda bankrotlikka yuz tutasiz. Moliyaviy chuqurda hatto juda katta daromadga ega odamlar ham bo‘lishi mumkin.

 

2. Moliyaviy farovonlik

 

O‘zbekistondagi aksariyat oilalar aynan ushbu nuqtada joylashgan. Sizning daromadingiz xarajatlaringizga teng yoki bir oz ko‘proq, ammo, siz ularni boshqarmaysiz. Sizda havfsizlik yostig‘i yoki sug‘urta yo‘q. Ushbu darajadagi muammo shundaki, har qanday salbiy voqea sizning va oilangizning turmush darajasiga salbiy ta’sir qiladi. Agar Xudo asrasin, sizga biron korxol bo‘lsa, oilangiz farovonligini izdan chiqaradi. Shuningdek, bu darajada ishlamaslikning iloji yo‘q.

 

3. Moliyaviy xavfsizlik

 

Sug‘urtaning mavjudligi, ma’lum miqdorda “xavfsizlik yostig‘iga” egalik.

 

4. Moliyaviy mustaqillik

 

Kiriuvchi passiv pul oqimi xarajatlardan oshib ketganida. Bu shuni anglatadiki, siz endi ishingizni yo‘qotishdan qo‘rkmaysiz va nima qilishni tanlashda erkinsiz. Har bir kishi hech bo‘lmaganida nafaqaga chiqqunicha davlatga suyanib qolmaslik va bolalaridan yordam kutmasligi uchun moliyaviy mustaqillikka erishishi shart.

Moliyaviy mustaqillikka qanday erishish mumkin-buni aniqlaydigan faqat 2ta tarkibiy qism mavjud. Xarajatlar va passiv pul oqimi. Shunga ko‘ra, xarajatlar darajasini ushlab turamiz va passiv daromadni ko‘paytiramiz.

 

5. Moliyaviy erkinlik

 

Kiriuvchi passiv pul oqimi xarajatlardan kamida ikki marta oshganida.

Sekin asta moliyaviy jihatdan bosqichma bosqich barkamollikga o‘tishni hamma ham tushunavermaydi. Ko‘pchilik masalan, uyini sotib hamma puliga bitkoin sotib olish yo‘li bilan darhol moliyaviy erkinlik darajasiga ko‘tarilishga harakat qilmoqda.

 

Boshqa yangiliklar

img

Moliyaviy xatarlarni oldini olish uchun biznesingizni sug‘urta qiling

img300
29 Oct
img

Sug‘urtа tushunchаsi

img607
08 Oct
img

Qimmatli qog‘ozlarga investitsiya kiritish bo‘yicha tadbirkorlik subyektlari uchun qo‘llanma

img693
16 Sep
img

Yangi ishchilarni qanday jalb qilishda qiziqarli vakant yarating

img447
10 Sep
img

Pul haqidagi eski masal

img537
10 Sep
img

Boshlang‘ich tadbirkorlar faoliyatida yuzaga keladigan xatolar

img440
10 Sep
Barcha yangiliklar