Moliyaviy savodxonlikning asosiy tamoyillari
Boylik yaratish formulasi juda oddiyligadan boshlaymiz: xarajatlaringiz daromadlaringizdan kam bo‘lishi kerak. Xarajatlaringiz va daromadlaringiz o‘rtasidagi farq sizning kapitalingizga aylanishi va pul ishlashi kerak.
Ammo, tejash maqsadida xamma narsadan bosh tortish xam xalokatli ishdir. Bunday xolda, siz xayotni keyinga ko‘yganingiz ayon bo‘ladi. Shuningdek, tejamkorlikdan qutilish xam juda oson.
Muvozanatni qanday topish mumkin?
To‘g‘ri tejash-faqat Doshirak (arzon, tez va oson tayyorlanadigan ovkat) istemol qilish degani emas. Xarajatlarni to‘g‘ri boshqarish-bu pulni oqilona boshqarish demakdir. Qulaylik va hayot sifatini yo‘qotmasdan, xarajatlarni kamaytirish mumkin.
Xarajatlarni boshqarishning asosiy tamoyillari
- Qulaylik va hayot sifati sarflangan pul miqdori bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri mutanosib emasligini tushunish. Qancha pul sarflashingiz emas, balki nimaga pul sarflashingiz muhimdir.
- Ehtiyoj bilan istakni adashtirmaslik. Eski telefon buzilsa yangisini sotib olish-zaruriyatdir. Oldingi modeldagi iPhone ishlayotganida, yangi modeldagi iPhone sotib olish-injiqlikdir. O‘zingizning iPhone ningizni yangilash o‘rniga, masalan, uzoq vaqt bo‘lmagan va sog‘lig‘ingiz uchun juda foydali bo‘lgan ta’tilga chiqishingiz oqilona fikr hisoblanadi.
- Kichik xarajatlar bo‘lmaydi, chunki ular to‘planib katta miqdorga aylanadi.
- Sizga keraksiz narsalarga sarflagan pulingiz-bu sizga haqiqatda kerak bo‘lgan narsalarga sarflay olmagan pulingizdir.
- Daromadingizning kamida 10%ni jamg‘arish.
- Xarajatlar hisobini yuritish
- Xarajatlarga kelsak, oldimizga maqsad ko‘yamiz: maksimal foyda va zavq olish
- Qattiq iktisod qilish rejimiga o‘tmang-uni yo‘qotib qo‘yish oson.Iqtisod qilish sizga kichik, ammo doimiy quvonch keltirishiga imkon bering-oz bo‘lsayam iqtisod qilganingizda, xuddi pulingiz ko‘pdek xursand bo‘lasiz.




