logo

Moliyaviy savodxonlikning farzand tarbiyasidagi o‘rni qanday?

calendar 09.09.2021eye393

Masalan, siz bolalarga pul nima uchun kerakligini va qanday qilib pul topishni aytib berishingiz zarur. Chunki ular pulga biror narsa sotib olish mumkinligini allaqachon tushungan. Biroq kichkintoylar ota-onasining pulni qanday qabul olishlarini bilishmaydi. Biz ularga moliyaviy imkoniyatimiz cheksiz emasligini o‘rgatishimiz hamda ularni olish uchun mehnat qilishimiz zarurligini uqtirishimiz joiz. Qolaversa, bolalar har bir ishni birga qilishni yaxshi ko‘rishadi. Shu sababli ham ularni oilaviy byudjetga jalb qilish kerak. Agar siz farzandingizga  yoshligidanoq oilaviy byudjet haqida gapirishni boshlasangiz, kelgusida u pul sarflashga mas’uliyatliroq bo‘lishi aniq.

 

Bundan tashqari, siz farzandingizga oilaviy byudjetni rejalashtirishda uning xohish-istaklarini ham inobatga olishingiz lozim. Shuningdek, bolalar bog‘chasidan boshlab unga bank moliyaviy vositalarini tushuntirib borishingiz zarur. Xususan, bank kartasi bilan to‘lov qilganingizda, siz o‘g‘il yoki qizingizga karta bilan qanday amaliyotni bajarish mumkinligini ko‘rsatishingiz mumkin. Agar siz bunga e’tibor bermasangiz, ular naqd pul sarflamasdan hamma narsani sotib olaman deb o‘ylashlari mumkin. Buning oldini olish uchun ularga bank va bank kartalari tizimi haqida ham aytib bering. Sizning maoshingiz avtomatik ravishda sizning hisobingizga tushishini tushuntiring.

 

Albatta, bularning barchasi oddiy. Muhimi, harakat bo‘lsa kifoya. Biz bu boradagi ishingizni kichik qadamlardan boshlashingizni va hamma narsani o‘yinlar yordamida ko‘rsatishingizni hamda bolaning mustaqil harakatlarini rag‘batlantirishingizni tavsiya qilamiz.

Boshqa yangiliklar

img

Moliyaviy xatarlarni oldini olish uchun biznesingizni sug‘urta qiling

img293
29 Oct
img

Sug‘urtа tushunchаsi

img587
08 Oct
img

Qimmatli qog‘ozlarga investitsiya kiritish bo‘yicha tadbirkorlik subyektlari uchun qo‘llanma

img647
16 Sep
img

Yangi ishchilarni qanday jalb qilishda qiziqarli vakant yarating

img442
10 Sep
img

Pul haqidagi eski masal

img525
10 Sep
img

Boshlang‘ich tadbirkorlar faoliyatida yuzaga keladigan xatolar

img428
10 Sep
Barcha yangiliklar