Nima uchun xarajatlar hisobini yuritish kerak?
1) Xarajatlar hisobini yuritish oila budjetini 10-30% ga oshirishga imkon beradi! Siz pulingizni boshqarishni boshlashingiz bilanoq, pullaringiz noma’lum tomonga oqishni to‘xtatadilar va siz bilan qoladilar. Bu xuddi qaloriyalarga o‘xshaydi-ularni hisoblashni boshlashingiz bilanoq, kamroq ovqatlanishni boshlaysiz.
2) Sizga ustuvorlik qilish imkonini beradi. Siz uchun hayotda yeng muhimi nima? Siz nimani orzu qilasiz?
3) “Budjet hissi” shakillanadi. Pulingiz qaerga ketayotganini bilmasangiz, yana pul kerakligini, kancha kerakligini va ularni qaerdan olishingiz mumkinligini tushunmaysiz.
4) Bank mahsulotlarini tanlashda, siz nimani olishni aniq bilasiz-kredit yoki debet karta, jamg‘arib boriladigan yoki talab qilib olinadigan omonat.
Agar xarajatlar hisobini yuritish bloknot yoki excelda noqulaylik keltirib chiqarsa, telefonda qulay dasturiy ilovalar mavjud:
1. MoneyLover
MoneyLover-o‘z mablag‘larini nazorat ostiga olishni istaganlar uchun mo‘ljallangan ilova. Uning yordamida sarf-xarajatlaringizni kuzatib borishingiz, budjet tuzishingiz va xar doim qancha pul tejaganingiz xaqida xabardor bo‘lishingiz mumkin. Bundan tashqari, ilova sizning qarz majburiyatlaringiz va doimiy to‘lovlarni qayd qila oladi, shuningdek sizga boshqa to‘lovlarni amalga oshirishingiz kerakligini eslatib turadi.
2. MoneyManager
Bu juda ko‘p funksiyali ilova. Bu sizga daromadlarni, xarajatlarni nazorat qilish imkonini beradi, shuningdek sizni qiziqtirgan har qanday vaqt uchun to‘liq statistikani taqdim etadi. Eng muhim funksiyalari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: kompyuterdan ma’lumotlarga kirish, ikkiyoqlama yozuv usulidan foydalanish, ayrim toifalar bo‘yicha budjetni rejalashtirish, kredit va debit kartalarini boshqarish.
3. BillsMonitor
BillsMonitor ilovasi yordamida siz barcha to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘laganingizga amin bo‘lasiz va natijada yashash uchun qancha pul qolganligi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lasiz.