Nimadan boshlash kerak?
Agar siz oyning oxirida qoladigan mablag‘ni yig‘ib borsangiz, xech qachon mablag‘ jamg‘arishingiz shart emas. Shuning uchun “avval o‘zinga to‘la” qoidasi mavjud, ya’ni har qanday olingan daromaddan avval jamg‘arish uchun qoldirish kerak va shundan keyin sarflashni boshlash mumkin. Ya’ni, Har qanday olingan daromaddan to‘lanishi kerak bo‘lgan eng birinchi hisob bu sizning omonat hisobvarag‘ingizdir. Uni o‘z qoidangizga aylantiring va uni xarajatlarning majburiy va yeng muhim qismi sifatida qabul qiling.
Oyiga kamida 10% jamg‘arish kerak.
Lekin pulni jamg‘ara olmasangiz tejashni qanday boshlash kerak?
1. Agar 10% sizga ko‘pdek tuyulsa, 1-5% dan boshlang. Siz sarflashda bunday cheklovni osonlikcha yengasiz. Keyin miqdorni asta-sekin oshiring.
2. “Avval o‘zinga to‘la” qoidasiga amal qilishingiz va fikringizni o‘zgartirmasligingiz uchun shunday sharoit yaratish mumkinki siz jamg‘arishning iloji bo‘lmaganida ham pul jamg‘arishingiz mumkin. Quyida buni qanday qilishning ikkita varianti:
a) Jarayonni avtomatlashtiring. Siz oyiga/haftasiga bir marta plastik kartangizdan omonat hisobvarag‘ingizga avtomatik ravishda pul o‘tkazmasi funksiyasini faollashtirishingiz mumkin.
b) Kredit-bu pul to‘lash majburiyatini olishning yagona chorasi emas. Kredit o‘rniga hayotni sug‘urtalash jamg‘arma polisini ochishingiz mumkin. Unda ham (kreditga o‘xshab) to‘lov majburiyatlari bor, lekin sizga foiz to‘lanadi, siz to‘lamaysiz, shuningdek hayot va salomatlik sug‘urtasiga ega bo‘lasiz.
3. O‘zingizga sarflash uchun cheklovlarni belgilang.
4. Jamg‘arish hisobini yuriting-tablichka yoki biron bir ilovaga qancha jamg‘arganingizni yozib boring. Shu tarzda siz yaxshi tarafga o‘zgarishni his etasiz.
5. Va yana daromadlar va xarajatlar hisobini yuriting. To‘lov intizomi va ortiqcha xarajatlarni kuzatib borishga imkon beradi. Haqiqat shundaki, xarajatlar hisobi kamroq sarflashga yordam beradi.
6. Oldingizga maqsad qo‘ying. Iktisod qilish uchun tejash qiziq emas va kerak ham emas. Ammo katta va orzu qilingan maqsad uchun jamg‘arish-bu mutlaqo boshqa masala. Maqsadingizni yozing va uni ko‘rinadigan joyga osib qo‘ying. Vaqt o‘tishi bilan maqsad o‘zgarishi mumkin, ammo uning mavjudligi sizni adashmasligingizga yordam beradi.




